Mavzu: Antik dunyo sotsiologiyasi.Sharq mutaffakkirlarining sotsiologik qarashlari. REJA: Antik dunyo sotsiologlari inson mavqei to'g'risida. Antik dunyoda jamiyat va shaxs omillari. Platon va Aristotelning antik dunyo falsafiy fikrlar taraqqiyotida tutgan o'rni. Qadimgi Xitoyda sotsiologik qarashlar. Motrudiy va uning Murosaviy Muvozanat konsepsiyasi. Farobiy,Beruniy,Ibn Sinolarning jamiyat va shaxs to'g'risidagi qarashlari. Sosiologiya atamasi O.Kont tomonidan ilmga nisbatan yaqinda kiritilgan bo'lishiga qaramay sosiologik mazmunga ega bo'lgan qarashlar va kuzatishlar insoniyatning eng qadimgi davrlari- ga borib taqaladi. Antik dunyo sosiologiyasi, jahon sosiologiya maktabining nazariy-ma'naviy poydevori va unga doimiy ilhom bag'ishlovchi bebaho obidasi hisoblanadi. Antik dunyo sosiologiyasining ilk namunalari Kichik Osiyoning g'arbiy sohillari Ioniya o'lkasi shaharlarida yashovchi greklar tomonidan dunyoga keltirildi. Antik dunyo sosiologiyasining yuzaga kelishi hamda taraqqiyot tendensiyalari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uni shartli ravishda quyidagicha guruhlash mumkin: 1.Eng qadimgi grek sosiologiya maktabi.Bu guruhga eramizdan oldingi XII asrda yashab ijod etgan Gomerdan boshlab eramizdan oldingi VI asrgacha ijod qilgan Milet (Kichik Osiyodagi eng yirik shahar)maktabi vakillari (Fales, Anaksimandr, Anaksimen) hamda Gresiyaning turli shaharlarida yashab faoliyat yuritgan Ksenofan, Pifagorning sosiologik qarashlarini kiritish mumkin. Eng qadimgi grek sosiologiyasi mustaqil ijtimoiy nazariy tadqiqot predmeti sifatida emas, balki aniq tabiiy fanlar (matematika, tabiatshunoslik) bergan ilk tadqiqot natijalari bilan, ijtimoiy fanlar (Mifologiya, san'at) borasida erishilgan tafakkur mahsullarining uyg'unlashuvi oqibatida yuzaga kelgan. Milet maktabining yana bir vakili Anaksimen esa olamning asosini tashkil etuvchi dastlabki modda sifatida havoni ko'rsatadi. Uning fikricha, havoning tabiatda yig'ilishi va siqilishi natijasida suv, tuproq, tosh va olovdan iborat zaruriy qismlar yuzaga keladi. Havo insonning amal qilish makoni hisoblanadi va havosiz qolgan paytda har qanday jism tarkibiy va mazmuniy ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:38:47
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
149.96 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:19
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:38 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
149.96 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:19 ]
Arxiv ichida: ppt