Ayollar savdosi Shahvatparastlik, prostitutsiya insoniyatning qadimiy kasbi, azaldan hamrohi bo'lib kelmoqda. Birorta ham yurt, elat ularni chetlab o'tolmagan. Deyarli ellik asr oldin Qadimgi Xitoy xoni Xoang-Tu amri bilan tuzilgan tabobat to'plami Neuikingda zahm kasalligi haqida batafsil, hozirgi tasavvurlardan qolishmaydigan ma'lumotlar berilgan. Zahm kasalligi jinsiy aloqadagi pala-partishlik, zo'riqish va ichki organlar funksiyalarining buzilishi natijasida sodir bo'ladi. Qadimgi Hindiston, Misr, O'rta yer dengizi va Janubiy Amerika xalqlari tarixida fahsh, prostitutsiya kult darajasida ulug'langanini ko'ramiz. Masalan, hindistonliklar qadimda Siva (Shiva ) sharafiga o'tkazilgan bayramlarda ommaviy tarzda , ochiqdan-ochiq fahshga berilganlar. Ijtimoiy taraqqiyot ibtidoiy instinktga, fahshga berilishni cheklash zarur degan qarorga kelgan, shu tariqa prostitutsiyani qoralovchi axloqiy, ma'muriy va huquqiy normalar yaratilgan. Shahvoniy istaklarni yer-xotin munosabatlari, oila, farzand ko'rish niyati doirasi bilan chegaralash ijtimoiy taraqqiyot odam zotidagi shahvatparastlikni, ibtidoiy instinktlarga berilishni to'la jilovlay olmadi, axloqiy va huquqiy normalar jindek unutilgan zahoti hayvoniy hirsini qondirishga mukkasidan ketgan kimsalar, guruhlar paydo bo'laveradi. Bugun ommaviy axborot vositalarida, adabiyotlarda global inqirozlar, globallashuv jarayonlari bilan yonma-yon, global ayollar savdosi iboralari ham ishlatilmoqda. Seks-trafikning inson shani va huquqlarini, ijtimoiy-axloqiy normalarni toptovchi, qadimiy kasbni ulug'lab, gender notenglikni avj oldiruvchi voqelikka aylanayotgani sog'lom fikr egalarini tashvishga solmoqda. 2003 yili kanadalik jurnalist va tadqiqotchi Viktor Malarek Natashalar sotiladi. Yangi global ayollar savdosi degan kitobini chop ettirdi. Kitobda keltirilgan misol-dalillar, o'rtaga tashlangan muammolar kishi vujudini titroqqa, qalbini vahimaga soladi. Bugun odamlar savdosi,- deb yozadi V. Malarek,- yashirin qurollar va narkotik moddalar sotishdan keyin uchinchi o'rinda turadigan daromadli biznesga aylangan. BMTning hisob-kitoblariga ko'ra, u jinoiy guruhlarga yiliga 12 milliard AQSH dollarida sof foyda keltirmoqda. Demak, ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:38:47
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
403.98 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:20
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:38 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
403.98 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:20 ]
Arxiv ichida: ppt