Davlat hokimiyati - asosiy va universal siyosiy tashkilot Reja: 1. Davlat tushunchasi, uning belgilari, razmlari, vazifalari. 2. Davlat hokimiyatining boshqaruv organlari tizimi. 3. Davlat hokimiyatining monarxiya va Respublika shakllari. Jamiyatning siyosiy hayotini davlat hokimiyatisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Davlat hokimiyati jamiyat hayotining hamma sohalariga ta'sir qilib turuvchi, ijtimoiy jarayonlarni tartibga soluvchi yetakchi siyosiy kuch hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasida Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas'uldirlar, -deyilgan. Aytish mumkinki davlatning mohiyatini, uning vazifasi va o'rnini belgilash muammosi juda ko'p yillardan beri jamiyatshunoslarni, siyosatshunoslarni diqqat markazida turibdi. Bugungi kunda ham davlatning paydo bo'lishi, uning ahamiyati kun tartibidan olingani yo'q. Ma'lumki ibtidoiy jamoa vaqtida davlat bo'lgani yo'q. Mehnat qilish umumiy bo'lgan, hayot ta'minot vositalari teng taqsimlangan edi. Faqat birgalikdagi sa'y-harakatlar, jipslashish insonning yashashiga yordam bergan, yashash manbai esa tabiat ne'matlari edi. Demak, davlat insoniyat tarixiy taraqqiyotining hamma pallalarida ham bo'lmagan va amal qilmagan, bundan keyingi asrlarda ham u abadiy saqlanib qoladigan va amal qilaveradigan jamiyat siyosiy sistemasining asosiy muassasasi deb o'qtirish obyektiv haqiqatga zid kelishi muqarrar. Davlatning paydo bo'lishiga sabab bo'lgan omillarga quyidagilar kiradi: birinchidan, ijtimoiy mehnat taqsimoti; ikkinchidan, ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkning va sinflarning paydo bo'lishi; uchinchidan, qarama-qarshi sinflar o'rtasida kelishib bo'lmaydigan ziddiyatlarning kuchayishi. SHuning uchun davlatni uzoq muddat davom etgan insoniyat tarixiy taraqqiyotining ishlab chiqarish kuchlari yuksalib borib,mehnat taqsimoti chuqurlashgan sari, mulkchilik munosabatlarining murakkablashib borishi natijasida vujudga kelgan, jamiyatning turli ijtimoiy guruhlarga bo'linib ketish jarayonlarining hosilasi sifatida talqin etish to'g'ri bo'ladi. Davlat paydo bo'lishi bilan jamiyatning siyosiy hayoti ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:38:47
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.22 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:38 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.22 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:20 ]
Arxiv ichida: doc