Demokratik jamiyat shakllanishida mahalla va fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari

Demokratik jamiyat shakllanishida mahalla va fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Demokratik jamiyat shakllanishida mahalla va fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari - rasmi

Material tavsifi

Demokratik jamiyat shakllanishida mahalla va fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari Reja: O'zbekistonda demokratik jamiyat shakllanishida mahalla va fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlarining o'rni Mustaqillik yillarida O'zbekistonda demokartik tamoyillar asosidagi o'zini-o'zi boshqarish tizimining tiklanishi. Mahallaning fuqarolarning demokratik qarorlari qabul qilishda tshtirokini ta'minlash va aholini ijtimoiy himoya qilishdagi o'rni. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab jahondagi ilg'or demokratik mamlakatlarda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qaror topishi bilan o'zini-o'zi boshqarish organlari fuqarolarning jamiyatni boshqarishidagi asosiy instituti sifatida takomillashib kelmoqda. Mahalliy o'zini o'zi boshqarish (g'arbda «munitsipal» deyiladi) deb, u yoki bu ma'muriy-hududiy birliklardagi aholi vakolatlarini ifodalovchi saylangan organlar va ularning ma'muriyatlari tomonidan amalga oshiriladigan mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan ishlarni boshqarish tushuniladi. Mahalliy o'zini o'zi boshqarish nomarkazlashish tamoyillari asosidagi boshqaruv bo'lib, uning asosiy belgilari, bu-mazkur organlarning fuqarolar tomonidan to'g'ridan-to'g'ri saylanishligi va mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan o'zini o'zi boshqarish faoliyatiga rahbarlik qilishdagi nisbatan mustaqilligidir. Mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari davlat tashkilotining unsurlarini tashkil etadi. Shuningdek, ular joylardagi mahalliy davlat organlari tizimidagi yuqori darajaga taalluqli bo'lmaydi. Chunki, odatda hududlarni boshqarish funksiyalarining aksariyati hukumat va alohida vazirliklarning quyi organlariga berilgandir. Mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari fuqarolar tomonidan saylanishi, shuningdek, mahalliy aholining vakillari sifatidagi rasmiy o'rinlarga binoan vakillik tizimining tarkibiy qismlaridan biridir. Bu organlarning iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi faoliyatlari aholi uchun ulkan ahamiyatga egadir. O'zini o'zi boshqarish organlarida davlat boshqaruvining boshqa bo'g'inlariga nisbatan byurokratizmga berilish kamroq bo'ladi. Ana shu barcha fazilatlar saylanuvchi mahalliy o'zini o'zi boshqarishni demokratiya qadriyatlaridan biriga aylanishiga imkoniyatlar yaratdi. Mahalliy o'zini o'zi boshqarishning demokratik tamoyillar asosidagi nazariyasi dastlab XYII asrning ikkinchi yarmida g'arbiy Yevropada ishlab chiqilgan bo'lib, uning tabiati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.9 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.9 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga