Demokratiya eksporti tajovuzidan himoyalanish - milliy suverenitet barqarorligi va xavfsizligini ta'minlashning muhim omili

Demokratiya eksporti tajovuzidan himoyalanish - milliy suverenitet barqarorligi va xavfsizligini ta'minlashning muhim omili

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Demokratiya eksporti tajovuzidan himoyalanish - milliy suverenitet barqarorligi va xavfsizligini ta'minlashning muhim omili - rasmi

Material tavsifi

Demokratiya eksporti tajovuzidan himoyalanish - milliy suverenitet barqarorligi va havfsizligini ta'minlashning muhim omili Reja: 1. Yuksak ma'naviyat va mafkuraviy immunitet - milliy suverenitet poydevori. 2. Jamiyatni demokratlashtirishda umuminsoniy, milliy va sharqona qadriyatlar uyg'unligi - jamiyat barqarorligining muhim qonuniyati 3. Umumiy o'rta ta'limning yuqori sinflarida va kasb-hunar kollejlarida Milliy istiqlol g'oyasi fani doirasida milliy suverenitetimizga tahdid soluvchi mafkuraviy hurujlar qatorida demokratiyani eksport qilish bilan bog'liq bo'lgan tahdidlarning mohiyatini o'quvchilarga tushuntirish metodikasi va ahamiyati 4. Xulosa Yuksak ma'naviyat va mafkuraviy immunitet - milliy suverenitet poydevori. Hozirda turli guruhlar va davlatlar tomonidan malum bir g'arazli manfaatlar va maqsadlar yo'lida olib borilayotgan mafkuraviy hurujlar (biz bu haqda yuqorida to'xtalgan edik) har bir davlat va millatni o'z suvereniteti barqarorligini saqlab qolish borasidagi malum bir chora tadbirlar ishlab chiqishi zarur ekanligini ko'rsatmoqda. Bizga malumki, milliy suverenitet havfsizligini ta'minlash har bir davlatdan o'z harbiy salohiyatini kuchaytirishni taqozo qiladi. Ammo mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko'proq kuchga ega bo'lgan hozirgi zamonda harbiy salohiyat milliy suverenitetning yakkayu-yagona kafolatchisi bo'la olmasligi kun sayin oydinlashib bormoqda. Chunki suverenitetga dahl qiluvchi kuchlar o'z harakatlarini ko'zga ko'rinmaydigan, bir qarashda payqash mushkul bo'lgan usullar yordamida olib bormoqdalar va bunday usullarga qarshi turishda na davlatning harbiy sohada olib borayotgan islohotlari va na turli havfsizlik nuqtai nazaridan tuzilgan mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar darajasida samarali qarshi turish amri mahol. Xo'sh, bunday havfsizlik mexanizmlari mana shunday tahdidlarga samarali qarshi tura olmas ekan, unda bu tahdidlarning oldini olish va bartaraf etishda qanday usul va vositalarni ishga solish mumkin?, bunday tahdidlarga qarshi tura oladigan mexanizmning o'zi mavjudmi? degan savollar tug'iladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 139.36 KB
Ko'rishlar soni 33 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 139.36 KB
Ko'rishlar soni 33 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga