Dinlar o'zaro ta'sirining globallashuvi Reja: Dinning madaniyat fenomeni sifatida o'ziga xos xususiyatlari. Islom dinida globallashuvning talqini. So'fizmda global muammolarning ko'tarilishi. Din globallashuvining mezonlari. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov BMTning 2010 yil 20 sentyabrda bo'lib o'tgan Mingyillikning rivojlanish maqsadlari sammitining plenar majlisida so'zlagan nutqida Jahonning turli nuqtalarida hamon davom etayotgan urushlar va qarama-qarshiliklar, saqlanib qolayotgan davlatlararo, millatlararo va dinlararo ziddiyatlar, Mingyillik rivojlanish deklaratsiyasida ta'kidlanganidek, qashshoqlik, ochlik, onalar va bolalar o'limi, epidemiyalar va insoniyatning boshqa muammolariga qarshi kurash borasidagi eng jiddiy to'siqlar bo'lib qolmoqda, - deb ta'kidladi. SHundan so'ng davlatimiz rahbari asosiy muammo va ziddiyatlar bo'yicha o'zaro murosa asosidagi echimlarni topish zarurligini va bu murakkab, chigal, ziddiyatli vaziyatlardan chiqishning asosiy yo'llaridan biri ekanligini qayd etib o'tdi. SHu munosabat bilan tolerantlikni va uning odamlar ongiga ta'siri darajasini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Keyingi paytlarda dunyoda murosasizlik, zo'ravonlik, terrorchilik, tajovuzkor millatchilik, хalqlarning bir-biridan uzoqlashuvi, kam sonli milliy, etnik guruhlarni kamsitish holatlarining tez-tez yuz berayotganligi mintaqaviy va хalqaro miqyosda barqarorlikka va хavfsizlikka tahdid solmoqda va ijtimoiy rivojlanish yo'lidagi to'siqlardan biri bo'lib qolmoqda. YUNESKOning1995 yil 16 noyabrda bo'lib o'tgan Bosh konferentsiyasi tolerantlik tamoyillari Deklaratsiyasini qabul qildi, zero tolerantlik tinchlikni saqlashning, insoniyatning har tomonlama rivojlanishining eng muhim tamoyili bo'libgina qolmay, balki uning zarur sharti hamdir. Ijtimoiy rivojlanishda yuz berayotgan o'zgarishlar va ularning tendentsiyalarini tahlil qilish global ijtimoiy ongda va muayyan inson hayoti va taqdirida tolerantlik muammosi naqadar dolzarb ekanligini ko'rsatadi. Tolerantlik bugungi kunda zaruratga va madaniy me'yorga aylanib, atrofimizni o'rab turgan dunyo bilan munosabatlarimizning zarur sharti sifatida namoyon bo'lmoqda. Ma'lumki, globallashuv ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tizimlar va ijtimoiy birliklarning intensiv ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:38:47
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.83 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:38 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.83 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:20 ]
Arxiv ichida: doc