Reja: Emil Dyurkgeym haqida qisqacha ma'lumot. E. Dyurkgeymning sotsiologik qarashlarining shakllanishi. E.Dyurkgeym sotsiologizmi. Emil Dyurkgeym (1858-1917) sotsiologiya tarixida juda muhim urin egallaydi. U o'z asarlari bilan sotsiologiya tarixida chuqur iz koldirdi. E.Dyurkgeym sotsiologiyani: a) fan, b) kasb, v)o'qitish predmeti sifatida rivojlantirgan mashxur sotsiologlardan biridir. XIX asrning birinchi choraklarida Fransiya o'z taraqqiyotida kapitalizmga xos bo'lgan iqtisodiy siyosiy va ma'naviy inqirozlarga duch keldi. Bu davrda Fransiya uzining ijtimoiy siyosiy barqarorligini ta'minlay olmagan va natijada ommaning revolyutsion harakatlari mavjud tuzumga xavf solmokda edi. Jamiyatni tang holatdan chiqarish uchun turli g'oyaviy siyosiy va falsafiy oqimlar paydo bula boshladi. Jumladan, klerikal monarxiya tarafdorlari eski ijtimoiy tartiblarni qayta tiklamokchi buldilar va nazariy tayanch sifatida spiritualistik falsafaga tayandilar. Shuningdek, XIX asr oxirlarida O. Kontning pozitiv sotsiologiyasi ma'naviy madaniyatning turli sohalariga bevosita ta'sir kursatgan edi. Sotsiologiya jamiyatni qayta tuzishning nazariy asosi sifatida maydonga chikkan edi. Burjua Respublikachilar ana shu fanga murojaat kila boshladilar. Lekin, bu davrda fransuz sotsiologik tafakkuri ichida kator oqim, yo'nalishlar va qarashlar vujudga kela boshlagan edi: 1.Le Ple rahbarligidagi sotsiologlar aholi turli guruhlarining iqtisodiy va oilaviy ahvolini urganib, dinga jamiyatning xaloskor kuchi sifatida murojat kila boshladilar. 2.Sotsial statistlar kupincha davlat organlari va muassasalarining turli xil topshiriqlarga muvofik EMPIRIK tadqiqotlar olib bordilar. 3.Kontning pozitiv sotsiologiyasi yo'nalishidagi guruhlar xalqaro sotsiologiya jurnali atrofida uyushgan edilar. 4.Katolik sotsologiyasi oqimi diniy pozitsiyasida turib tomizmni himoya kilar edi. Lekin bu yo'nalishlarning birontasi xam burjua Respublikachilarning sotsial siyosiy harakatlarini amalga oshirish uchun nazariy asos bula olmas edilar. Burjua islohotchilari Sotsiologizmta'limotini sotsial reformizmning siyosiy, g'oyaviy va nazariy asosi qilib oldilar. Sotsiologizm konsepsiyasining nazariy ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:38:47
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.55 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:38 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.55 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:21 ]
Arxiv ichida: doc