Empirik sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish va umumlashtirish Reja: 1. Sotsiologik tadqiqot dasturining nazariy asoslari. Tadqiqotning obyekti va predmeti. 2. Sotsiologik tadqiqot usullari: (tanlov, hujjatlarni tahlil qilish, kuzatish, so'rov, anketa, intervyu va boshqalar). 3. Sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish va o'tkazish usullari. 4. Sotsiologik tadqiqot natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish. Sotsiologiya fanini empirik sotsiologik tadqiqot jarayonisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Empirik so'zi qadimgi yunoncha bo'lib, tajriba ma'nosini anglatadi. Empirik sotsiologik tadqiqot - yagona dastur va uslubiyot bilan amaliy asosda ijtimoiy hayot hodisa va jarayonlari to'g'risida olingan. Empirik ma'lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish, zarur amaliy takliflar, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Empirik sotsiologik tadqiqotda ijtimoiy faktlarni izlash, tasnif qilish, to'plash muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy fakt deganda, ilmiy asoslangan, muayyan vaqt davomida real ijtimoiy voqelikning alohida jihadlarini tasnif qilish orqali olingan ma'lumotlarga aytiladi. Hozirda, bozor munosabatlariga o'tish jarayonida jamiyat hayotida ro'y berayotgan muhim o'zgarishlarni, kishilar o'rtasidagi munosabatlarni amaliy sotsiologik tadqiqotlarsiz ilmiy asosda o'rganib bo'lmaydi. Jamiyatni ilmiy boshqarish doimo amaliy sotsiologik tadqiqot natijalariga tayanmog'i zarur. Mavjud ijtimoiy muammolarni hal etib borishda, jamiyatni ijtimoiy rivojlantirishda va uni rejali prognoz berish bilan ilmiy asosda boshqarishda amaliy sotsiologik tadqiqot natijalari muhim vazifalarni bajaradi. Sotsiologik tadqiqotlarning sifat darajasini va samaradorligini oshirish uchun empirik ma'lumotlarning ishonchli ekanligini, ilmiy asoslanganligini ta'minlash uchun, uning metodologik asosiga alohida e'tibor qaratilmog'i lozim. Amaliy sotsiologik tadqiqot jarayonini 4 asosiy bosqichga bo'lib ko'rsatish mumkin. Bu bosqichlarning har biri o'ziga xos xususiyatlarga va muhim jihatlarga egadir. Bular quyidagilardan iborat: I Bosqich. Sotsiologik tadqiqotni tayyorlash va tashkil qilish: Amaliy sotsiologik vazifani belgilash va tadqiqot predmetini tanlash; Sotsiologik tadqiqot o'tkazish bo'yicha buyurtma ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:38:47
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
34.72 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:21
Arxiv ichida: docx
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:38 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
34.72 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:21 ]
Arxiv ichida: docx