F. de Sossyur nazariyasi . Shvetsariya tilshunosi F.de Sossyurning tilshunoslik oldidagi buyuk xizmati shundaki, u sinxroniya bilan diaxroniyani aniq farqladi. Shuningdek, sinxron nuqtai nazar malum bir tilning muayyan bir davrida mavjud bo'lgan elementlarning o'zaro uzviy bog'liq bo'lgan sistemani hosil qiladi, degan fikrga kelishiga imkon tug'dirdi. Uning fikricha, til qismlari sinxron munosabatda o'rganilishi mumkin bo'lgan sistemadir. K.Xansenning takidlashicha, agar F.de Sossyur diaxron hodisalarning sistemaviy xarakterini etirof etmas ekan, bu ustozlari - yosh grammatikachilarning ta'siri ekanligini ko'rsatadi. «Umumiy lingvistika kursi» kitobining diaxroniyaga bag'ishlangan o'rinlari esa hali o'z ustozlari-yosh grammatikachilar pozitsiyasida turganligini ko'rsatadi. V.Matezius fikriga ko'ra, Boduen, Sossyur g'oyalariga asoslangan fuksional va struktural nuqtai nazar hozirgi kunda tilshunoslik istiqboli uchun puxta zamin yaratuvchi yagona nazariyadir. F.de Sossyurning tilga elementlar munosabatidan tashkil topgan butunlik sifatida yondashuvi, nutqiy faoliyatning til va nutq o'rtasidagi o'zaro munosabatdan tashkil topgan butunlik deb etirof etishi, tilning sinxron va diaxron holatini aniqlab berishi va uning belgili tabiatini yoritishi struktur tilshunoslikning tug'ilishiga zamin yaratadi. A.A.Xolodovich F.de Sossyur kitobining tilshunoslik tarixidagi ahamiyati haqida fikr yuritar ekan, uning dunyoga kelishi tilshunoslik tarixida yangi davrning boshlanishiga olib keldi, deydi. XIX asrdagi ilmiy tadqiqotlar bevosita tajriba asosida faktlarni kuzatish va ularni ro'yxatga olish bilan cheklangan bo'lsa, XX asrga kelib bu faktlar ostida yashirinib yotgan mohiyatni ochishga, ularning ichki uzvlari o'rtasidagi munosabatlarni, o'zaro ta'sirini yoritishga qaratildi. Tilshunoslik tarixida strukturalizm tasodifiy paydo bo'lgani yo'q. Strukturalizm XIX asrning 70-yillaridan boshlab hukm surgan yosh grammatikachilarning pozitivistik qarashlariga qarshi maydonga chiqa boshladi. Har qanday ilmiy oqim kabi strukturalizm ham o'z g'oyaviy asoslariga ega. Struktur tilshunoslikning paydo bo'lishiga I.A.Boduen de Kurtene ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:38:47
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.12 MB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:21
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:38 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.12 MB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:21 ]
Arxiv ichida: ppt