Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy tuzilmasi Reja: 1. Jamiyat sotsial strukturasiga doir dastlabki talqinlar. 2. Fuqarolik jamiyati - insoniy taraqqiyot uchun zaruriyat sifatida 3. Fuqarolik jamiyatining sotsial strukturalari va ularning o'zigaxos jihatlari. 4.Rivojlangan mamlakatlarda jamiyat sotsial strukturalarining rivojlanishida yangi tamoyillar. Jamiyatning sotsial strukturasi dastlab qadimgi yunon mutafakkirlari Platon (yer.av.427-347 yy.) va Aristotel (yer.av. 384-322 yy.) tomonidan tadqiq etilgan. Ular jamiyat va davlatni aynanlashtirgan bo'lsalarda, jamiyat azosi sifatida faqat erkin tug'ilgan va fuqarolik yoshiga etgan kishilarni etirof etgan. Ularning jamiyatga doir qarashlari asosini sotsial struktura va sotsial adolat konsepsiyalari tashkil etgan. Platonning fikricha, sotsial strukturani faqat erkin tug'ilgan, ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan rolni bajarayotgan kishilar tashkil etadi. Insonning qalbi uchta asosga ega: «idrok» (intellektuallik), «jasurlik» (irodalilik) va «istak» (sezgi, tuyg'uga ega bo'lish). Odamlar o'z qalbidagi asoslardan qay birining ko'pligi yoki ozligiga qarab jamiyatda uchta ijtimoiy qatlam mavjud bo'ladi: donishmandlar - «faylasuflar», harbiylar - «qo'riqchilar», ishlab chiqaruvchilar - «dehqonlar» va «hunarmandlar». Boshqaruvchilar yuksak ma'lumotli, istedodli, xususiy mulkka ega bo'lmagan, zohidlik turmush tarzini kechirayotgan, 50 yoshga etgan faylasuflar ichidan tayinlanishi lozim. Boshqaruvchi bo'ladigan odamlarni falsafa va san'at vositasida tarbiyalash zarur. Boshqaruvchilar qonunlarni o'rnatadi, ijtimoiy ishlarni adolatli tarzda boshqaradi. «Qo'riqchilar» davlatni himoya qiladi va jamiyatda tartibni izga soladi. «Dehqonlar» va «hunarmandlar» o'z mehnatlari bilan fuqarolarni barcha hayot uchun zarur bo'lgan narsalar bilan ta'minlaydi. Ko'rinib turibdiki, Platon tomonidan ilgari surilgan jamiyatning sotsial strukturasi oliy darjada donishmand-faylasuf turgan qattiq ierarxiyani nazarda tutgan edi. Sharq uyg'onish davrining mutafakkiri Abu Nasr Forobiy insoniy jamiyatni puxta o'rgangan olimlar jumlasiga kiradi. Forobiy «Fozil shahar odamlari qarashlari» asarida jamiyat («inson jamoasi»)ning kelib chiqish ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:38:47
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.09 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:38 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.09 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:21 ]
Arxiv ichida: pptx