Reja: 1. An'anaviy geosiyosat va uning umumiy yo'nalishi. 2.Geosiyosatda g'arbparastlik (Yebropatsentrizm) mayllari va uning oqibatlari. 3. Ikkinchi jahon urushidan keyingi Geosiyosatning asosiy yo'nalishlari. 4. XX asr mag'lubiyatlar, muvaffaqiyatlar va yangi-yangi muammolar. Insoniyat o'z taraqqiyotida turli tarixiy davrlarni bosib o'tdi. XX asrga kelganda, ayniqsa birinchi jahon urushidan keyin, olimlar odamzot ilgarigilardan tubdan farq qiladigan yangi - Noosfera (Aql sohasi) davriga qadam qo'ygani uchun hamma sohada - ilmiy-tadqiqot ishlarida ham, siyosiy konsepsiyalar ishlab chiqilayotganda ham bu holatga jiddiy e'tibor berish kerakligiga etiborni qaratdilar. Biroq, ilmiy-tadqiqotlar sohasida ham, siyosat va mafkurada ham tabiat o'z taraqqiyotining yangi bosqichi - Noosfera davriga qadam qo'yganligi munosabati bilan yangicha tafakkur tarzi, yangicha dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan jiddiy yondashuvlar bo'lmadi. Jahon hamjamiyati va xalqaro munosabatlar mumammolari ko'pgina ijtimoiy-gumanitar fanlar, jumladan, siyosat tarixi, diplomatiya tarixi, sotsiologiya, geosiyosat doirasida ham o'rganib kelinadi. Endilikda ularni mafkuraning ham alohida qismi sifatida o'rganish zaruriyati paydo bo'lmoqda. Chunki geosiyosiy maqsadlar ko'proq mafkuraviy siyosat bilan uzviy bog'lanib ketmoqda. Bunda odamlar, xalqlar, davlatlarga mafkura orqali g'oyaviy ta'sir ko'rsatish geosiyosatning ta'sirchan vositasi bo'lib qolmoqdaki, Prezident I.A.Karimov ta'kidlaganidek, mafkuraviy poligonlar yadro poligonlariga qaraganda ham xavfliroq tus olmoqda. Geosiyosat tushunchasidagi Geo - yer (shar), siyosat esa shu Kurpai zaminga doir siyosat yurgizish demakdir. YA'ni, u muayyan davlat yoki davlatlar guruhining geografik yohud makoniy - hududiy aspektda olib boradigan siyosati bo'lib qolmasdan, shu bilan birga, umuman jahon hamjamiyatining ham, ayrim davlatlar ittifoqlari, bloklarining umum-jahon miqyosida belgilaydigan parametrlari, o'lchovlari, fe'l-atvorlarini ham anglatadi. Geosiyosatga doir nazariy qarashlar XIX asr ikkinchi yarmidan boshlab G'arbiy Ovrupoda vujudga kelib, geografik muhit xalqlarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:38:47
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.97 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:38 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.97 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:21 ]
Arxiv ichida: doc