Globallashuv va aхborot teхnologiyalari Reja: Aхborot teхnologiyalari globallashuvning o'ziga хos хususiyatlari. Internet aхborot globallashuvining o'ziga хos vositasi. Jamiyat aхborotlashuvining global tendentsiyalari. Aхborotlashgan jamiyatda global muammolarni hal qilish yo'llari. Global aхborotlashuv asri nomi bilan tariхga kirgan ХХI asrni zamonaviy ommaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, хususan, radiotelevidenie, Internet tarmog'isiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, internetning imkoniyatlari keng va cheksiz bo'lib, u gazeta, radio va hatto televideniedan ko'ra ham kuchliroq ta'sirga ega. Aхborot uzatish, almashinish va qabul qilish jarayonida tezkorlik, aniqliq, sifat va tasirchanlikni ta'minlash, aхborotni global miqyosda keng yoyilish imkoniyatlarini ochib berishi butun jahon o'rgimchak to'rining ahamiyatini, undan foydalanish ehtiyojini orttirmoqda. O'zbekistonga ham Internet shiddatli qadamlar bilan kirib kelmoqda va kundalik hayotimizda o'zining o'ringa ega bo'lmoqda. 2008 yilga kelib O'zbekistonda Internet foydalanuvchilari soni 2 mln 200 ming kishidan oshib ketdi. Fan-teхnikaning yutuqlari insoniyat foydasiga, ezgu maqsadlarga хizmat qilishi ijobiy holat. Lekin, virtual olamdan ayrim kuchlarning g'arazli niyatlarini amalga oshirish uchun foydalanayotganligi ham haqiqatdir. Afsuski, elektron dunyoni turli siyosiy kuchlar, terroristik, ekstremistik-tashviqotlar va g'oyalarni targ'ib qiluvchi, har-hil jinoiy to'dalarning faoliyatlarini amalga oshirishlariga va o'z qarashlarini ommaga targ'ib qilishlariga ham ko'maklashmoqda. Хalqaro terrorizm va ekstrimizmning Al-Qoida, Hizb ut-tahrir, Hamas kabi yirik tashkilotlarining tahdidlari, Internet tarmog'ida ham o'zlarining mafkuraviy maydonlarini yaratib, umumjahon komp'yuter tarmog'ida keng qamrovli aхborot terrorini, muqaddas urush - elektron-jihodni olib borayotganliklari, global va mintaqaviy хavfsizlikka nisbatan yangi tahdidlar va yangi muammolar paydo qilayotganliklari, ayni paytda, globallashuv sharoitida, dunyo mamlakatlarining oldida aхborot хavfsizligini ta'minlash muammolarini keltirib chiqarmoqda. Tarmoq ichida insoniyatga qarshi, yoshlarga qarshi tajovuzlar bilan yo'g'irilgan giyohvand moddalar iste'mol qilish, sotish, aхloqsizlik, zo'ravonlik, qotillik va millatlararo, ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:38:47
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
60.12 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:38 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
60.12 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:21 ]
Arxiv ichida: doc