Globallashuv va lokallashuv Reja: Globallashuvning ishlab chiqarishdagi tub islohotlarga ta'siri. Global mehnat bozori. Globallashuvning lokal madaniyatning shakllanishiga global ta'siri. Glokalizatsiyaning ikki yoqlama xarakteri. Geosiyosiy o'zgarishlar jahon siyosatchilari va davlat arboblarini sobiq Ittifoq hududida, ayniqsa, Markaziy Osiyoda kechayotgan jarayonlarga yangicha nigoh bilan qarashga undamoqda. Masalan, amerikalik taniqli olim va davlat arbobi Z.Bzejinskiy ushbu mintaqada kechayotgan voqea-hodisalarga va ularning AQSH manfaatlari uchun ahamiyatiga e'tibor qaratib kelmoqda. Uning nazarida, Evroosiyo jahonning eng yirik va geosiyosiy jihatdan g'oyat muhim mintaqasi bo'lgani bois bu hududni nazorat ostiga olgan davlat dunyoning iqtisodiy jihatdan rivojlangan uchdan ikki qismida hukmronlik qilishi mumkin. Zero sayyoramiz aholisining taхminan 75 foizi shu hududda istiqomat qiladi, jahon yalpi ichki mahsulotining taхminan 60 foizi va aniqlangan energetika zaхiralarining taхminan to'rtdan uch qismi ham shu qit'a ulushiga to'g'ri keladi. AQSHdan keyin iqtisodiy va harbiy jihatdan eng qudratli davlatlar ham Evroosiyoda joylashgan. Mintaqada etakchilik qilishga va global ta'sir ko'rsatishga intilayotgan, eng ko'p aholiga ega davlat ham shu qit'ada joylashgan. Evroosiyo umumiy kuch-qudrati va iqtisodiy salohiyati jihatidan hatto AQSHni ortda qoldirayotgani bu mintaqa imkoniyatlaridan dalolat beradi. SHu bois iqtisodiy va harbiy jihatdan qudratli davlatlar, jumladan, AQSH siyosatida bu hudud ustuvor ahamiyat kasb etayotgani bejiz emas. YA'ni, AQSH bu qit'ada o'z manfaatlariga putur etkazishi mumkin bo'lgan har qanday voqea yoki hodisaga nisbatan zudlik va qat'iyatlik bilan munosabat bildiradi. Хususan, so'nggi besh yil ichida Afg'oniston va Iroqda amalga oshirilgan va hozirgi vaqtda ham davom etayotgan harbiy harakatlar bunga yaqqol misol bo'la oladi. SHu bilan birga, bu masalada Rossiya ham o'z manfaatlarini qat'iy himoya qilishi (ayniqsa, so'ngi yillarda) tabiiy ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:38:47
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.7 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:38 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.7 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:21 ]
Arxiv ichida: doc