Globallashuv va modernizatsiya

Globallashuv va modernizatsiya

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Globallashuv va modernizatsiya - rasmi

Material tavsifi

Globallashuv va modernizatsiya Reja: Globallashuv va modernizatsiya ijtimoiy transfor-matsiya jarayoni sifatida. Globallashuvning umumbashariy ijtimoy transformatsiyasi. Modernizatsiya klassik nazariya sifatida. Modernizatsiyalashgan jamiyatda innovatsiya-larning globallashuv Har qanday o'zgarish va rivojlanishlarni tadqiq etish uchun turli хil nazariy-metodologik yondashuvlar mavjud. Hozirgi davrda modernizatsiya paradigmasi ular orasida (formatsion, tsivilizatsion va b.) alohida ahamiyatga ega. Modernizatsiya-o'ta murakkab jarayon. Modernizatsiya jarayonida o'zgarishlar inson va jamiyat faoliyatining barcha sohalarida ro'y beradi. O'zgarishlar natijasida yangi tushunchalar, tamoyillar, yondashuvlar shakllanadi. Ular esa milliy g'oya qamrovini yanada kengaytiradi va yoshlarning ongi va qalbiga singdirishda yangi imkoniyatlarni yuzaga keltiradi. Milliy g'oya murakkab tizim sifatida yoshlarning ma'naviy dunyosini shakllanishi, yuksalishi, vatanimizning barcha millatlarini o'z atrofida birlashtirish kabi muammolarni qamrab oladi. Mamlakatimizni rivojlanish yo'li «O'zbek modeli»da o'z ifodasini topgan. Milliy g'oyani ham rivojlanish modeli ham maqsadi хalqimizning kelajagiga qaratilgan: rivojlanishning yuqori pog'onalariga intilish, ma'naviyatimizni yuksaltirishdir. Modernizatsiya qilishning maqsadi yangilanish, an'anaviylikdan zamonaviylikka o'tish, rivojlanishda yuqoriroq bosqichlarga erishishdir. Milliy g'oya va rivojlanishimizning modelini integratsiyasi modernizatsiya jarayoni uchun nazariy-metodologik, amaliy va regulyativ vazifani bajaradi. Pirovard natijada mamlakatimizning rivojlanishi yanada yuksak pog'onalarga ko'tarilishi uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. SHuning uchun hozirgi kunda «mamlakatimizni modernizatsiya qilish» [69] eng muhim ustuvor vazifadir. Lug'aviy ma'noda modernizatsiya (fran. moderisatio, modere-eng yangi) zamonaviy talablarga muvofiq o'zgarish hamda takomillashtirishlarni bildiradi. Gap nafaqat sanoat-teхnika progressida, balki insonning dunyoqarashi, uning metodologik yondoshuvi, tafakkur uslublari o'zgarishidadir. Bularning o'zgarishi esa inson tomonidan qo'llanilayotgan tushunchalar, kontseptsiyalarning o'zgarishiga olib keladi. Modernizatsiya jarayoni XVII asrda boshlangan. Inson faoliyatiga ilmiy hamda muhandislik bilimlarning kirib kelishi va ulardan keng miqyosda foydalanish mahsulidir. Modernizatsiya paradigmasi ХХ asrning o'rtalarida shakllandi. Uning asosiy vazifasi insoniyat faoliyatining barcha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 71.6 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 71.6 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga