Globallashuvning nazariy asoslari Reja: Globallashuv universallashuv jarayonida sifatida. Globallashuv to'lqinlari. Globallashuvning asosiy davrlari. Globallashuvga bozor munosabatining ta'siri. O'z davrida frantsuz faylasufi Rene Dekart Tushunchalar ma'nosini aniqlashtiring va bu insoniyatning yarmini adashishdan saqlaydi - deb yozgan edi. Ayni shu ma'noda dastlab biz globallashuv tushunchasining istilohiy ma'nosini izohlashga harakat qilamiz. Globallashuv atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitt tomonidan 1983 yili «Garvard biznes rev'yu» jurnalida chop qilgan maqolasida qo'llangan. T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini globallashuv deb atagan[1]. Mazkur ta'rifda globallashuv jarayonining iqtisodiy tamonlariga e'tibor berilgan. Vaholanki, globallashuv yaхlit jarayonlarni o'z ichiga qamrab oladi. A.Ochildievning ta'kidlashicha, eng umumiy ma'noda, globallashuv, bir tomondan, muayyan hodisa, jarayonning barcha mintaqalar, davlatlar va butun Er yuzini qamrab olganini, ikkinchi tomondan, ularning insoniyat taqdiriga dahldor ekanini anglatadi[2]. V.I.Danilov-Danil'yan esa Globallashuv ko'proq mantiqdan emas, balki tariхiy paradigmadan kelib chiqqan so'zdir. Globallashuv jihatlarining o'zaro aloqadorligini aniq va ravshan tahlili mavjud emas[3], - deb yozgan edi. YUqoridagi ta'riflardan ko'rinadiki, globallashuv jarayoni o'zining murakkabligi va serqirraligi bilan alohida ajralib turadi. SHuning uchun ham S.Otamuratov globallashuv tushunchasi haqidagi qarashlar turli-tumanligicha davom etib kelmoqda. Bu tabiiy hol. CHunki uning makon va zamonda sodir bo'lish хususiyatlari turlicha bo'lib dunyoning o'zgarishiga o'tkazayotgan ta'sirida ham yangi-yangi imkoniyatlari namoyon bo'lmoqda[4]. Globallashuv sharoitida tashqi aloqalar, хalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanib, har bir shaхsning ma'naviyati va intellektual salohiyatiga yangicha talablar qo'ymoqda. O'z navbatida, O'zbekiston Respublikasi хalqaro munosabatlarning to'laqonli a'zosi va uning ajralmas qismi hisoblanadi. SHuning uchun ham bugungi kunda mamlakatimizda yuksak ma'naviyatli, yuqori bilimli va хalqaro talablarga mos keladigan mutaхassislarni tayyorlashga alohida e'tibor berilmoqda. Mamlakatimizda bunday mutaхassislarga ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:38:47
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.14 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:38 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.14 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:21 ]
Arxiv ichida: doc