Har xil janrdagi asarlarni o'qish metodikasi

Har xil janrdagi asarlarni o'qish metodikasi

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Har xil janrdagi asarlarni o'qish metodikasi - rasmi

Material tavsifi

Reja: Masal o'qish metodikasi. She'r o'qish metodikasi. Ilmiy-ommabop asarlarni o'qish metodikasi. Ifodali o'qish xususiyatlari, asoslari. Masal, axloqiy mazmunni kinoyaviy obrazlar orqali aks ettiradigan badiiy asardir. U ko'proq she'riy tarzda yoziladi. Masalda inson xarakteriga xos xususiyatlar kinoyaviy obrazlar - hayvonlar, jonivorlar va o'simliklar dunyosiga ko'chiriladi. Ko'pincha masalning kirish qismida, ba'zan oxirida qissadan xissa, ya'ni ibratli xulosa chiqariladi. Bu o'quvchilarni axloqiy tomondan tarbiyalashga katta imkon beradi. Masalda fikrning qisqa, lo'nda, chiroyli va ifodali tasvirlanishi, tilining o'tkirligi va xalqchilligi o'quvchilar nutqi va tafakkurini o'stirishda muhim material hisoblanadi. Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulminasion nuqta va yechimi bo'lgan kichik pesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa va mazmunli tasvirlashda ajoyib namuna bo'la oladi. Bolalarni masaldagi kinoyaviy mazmun emas, balki, birinchi navbatda, obrazlarning go'zalligi o'ziga jalb qiladi. SHuning uchun masal ustida ishlashni hayvonlar hayotidan yozilgan hikoya ustida ishlash kabi uyushtiriladi. Odatda, masal personajlari o'z xatti-harakatlari, fe'l-atvorlari bilan, nutqiy uslublari, odatlari bilan o'zlarini tavsiflaydilar, ba'zan u xarakteristikani masalning boshqa personaji to'ldiradi. Muallifning o'zi esa bir-ikki so'z bilan tavsifni mukammallashtiradi. Boshlang'ich sinflarda masalni o'rganishda bolalarni masalni ifodali o'qishga va uning mazmunini qisqa, ba'zan bir necha so'z bilan aytib berishga (masalni to'liq qayta hikoya qildirish tavsiya etilmaydi), ayrim qatnashuvchilarning xarakterli xususiyatlarini aytib, o'zaro qiyoslashga o'rgatish muhim ahamiyatga ega. Masalning allegorik mazmuniga to'xtalmasdan, bosh personaj obrazini tahlil qilishga kirishiladi. 1- sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka o'xshash kulgili hikoya kabi qabul qilsalar, 2- sinfdan boshlab ular masaldagi hayvonlarning xatti-harakati, o'zaro munosabatlari ba'zan kishilar hayotida ham uchrashini, masal axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko'proq she'riy tarzda bo'lishini, unda kishilardagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.78 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.78 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga