Reja: Adabiy janrlar haqida ma'lumot. Hikoya o'qish metodikasi. Ertak o'qish metodikasi. Boshlang'ich sinf o'qish kitoblarida berilgan ertak va hikoyalarning o'ziga xos xususiyatlari. Boshlang'ich sinflarda badiiy asar turlaridan hikoya, she'r, ertak, masal, maqol va topishmoqlar amaliy ravishda o'rganiladi. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop maqolalar ham o'qitiladi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, stilistik priyomlari jihatidan o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, o'quvchilarga ta'siri ham har xil bo'ladi. SHunga ko'ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o'qishda o'qituvchi unga mos metodlar tanlashi talab etiladi. Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo'lib, unda kishi hayotidagi ma'lum bir voqea hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. Hikoya ko'pincha kishi hayotida bo'lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir. Hikoya mazmunan boshlang'ich sinf uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o'quvchilarni qahramonning xatti-harakati, tashqi ko'rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko'proq qiziqtiradi. SHuning uchun bolalarni badiiy asar turi bo'lgan hikoya bilan tanishtirish uning syujetini tushuntirishga bog'lab olib boriladi. Boshlang'ich sinflarda hikoyani o'qishga bag'ishlangan izohli o'qish darslarida o'qilgan hikoya mazmunini ochish, lug'at ustida ishlash, o'qilgan matnni qayta hikoyalash asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni, odatda, savollar asosida tahlil qilinadi. Bunda savollar qatnashuvchi shaxsning xatti-harakati va xarakterini tahlil qilishga qaratilgan bo'ladi. So'roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda faktlar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat o'rtasidagi bog'lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi. Hikoyani o'qish darsida o'quvchilar ma'nosini tushunmaydigan so'z va iboralar ma'nosini tushuntirish ham muhim, aks holda, ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar. So'z ma'nosini tushuntirishga ko'p vaqt sarflamay, asar mazmunini tushunishda eng zarur bo'lgan so'zni qisqa izoh berish bilan tushuntiriladi.(O'quvchilar nutqini o'stirish metodikasi bo'limiga qarang). ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:38:47
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.73 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:38 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.73 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:22 ]
Arxiv ichida: doc