Hozirgi demokratiya va uning shakllari Reja: 1. Hozirgi davr demokratiyasining mohiyati, turlari. 2. Saylovlar - demokratiyaning asosiy shakli. 3. Referendumlar - bevosita demokratiya shakli. Siyosatshunoslar demokratiyaning mukammal shaklini Yunonistonning shahar-davlatlari bilan bog'laydilar. Qadimgi Yunonistonda demokratiya termini demos-xalq, teng huquqli fuqarolar yig'ini,fuqarolarning asosiy qismi ma'nolarida qo'llanilgan. Kratos-kuch hokimiyat, qudrat, boshqaruv, g'alaba ma'nolarini anglatgan. Bugungi kunda keng tarqalgan va eng oliy umumbashariy qadriyat sifatida e'tirof qilingan demokratiya tushunchasi juda qadimiy va umrboqiy narsa. Demokratiyaning kurtaklari kishilik jamiyati vujudga kelishi bilan paydo bo'lgan. Va hozirga qadar o'z taraqqiyotining yuqori nuqtasiga yetgan emas. U insoniyatning butun tarixiy taraqqiyoti mobaynida uzluksiz ravishda takomillashib, mazmunan boyib, yanada rivojlanib boradigan tarixiy jarayondir. Demokratiya nazariyasi va amaliyoti masalasi bo'yicha o'zbek va rus tillarida nashr qilingan ilmiy adabiyotlarni o'rganish, demokratiya atamasiga berilgan har xil ta'riflarni umumlashtirish asosida demokratiya tushunchasiga quyidagicha ta'rif berishni ma'qul ko'rdik: Demokratiya - davlat va jamiyat ishlarini boshqarish bevosita xalqning o'zi yo u tomondan saylangan vakillar qo'lida bo'lgan siyosiy hokimiyatdir. Yoki bo'lmasa nemis olimi Ralf Darendorfning fikricha demokratiya - bu xalq tomonidan saylanadigan, kerak bo'lsa uning o'zi chaqirib oladigan hukumat; bundan tashqari bu - o'z yo'nalishiga ega bo'lgan hukumatdir. (Darendorf R. Doroga k svobode. Vopros filosofii. 1990 g. № 9, str. 91.) Jamiyatshunoslik olimlarning aksariyat ko'pchilik tomonidan e'tirof etilishicha, demokratiya mamlakatni boshqarishning ko'pchilikka ma'qul bo'lgan adolatli va samarali shakli bo'lib, bunday boshqaruv tizimida siyosiy hokimiyatning birdan bir manbai, ya'ni egasi xalq hisoblanadi. Davlatimiz rahbari Islom Karimov O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li risolasida ta'kidlaganidek, demokratik boshqaruvga asoslangan jamiyatda Xalqning xohish-irodasi davlat siyosatini belgilab beradi. Demokratiya jamiyat ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:38:47
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.21 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:38 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.21 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:22 ]
Arxiv ichida: doc