Ijtimoiy etnik munosabatlar

Ijtimoiy etnik munosabatlar

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Ijtimoiy etnik munosabatlar - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy etnik munosabatlar Reja: 1.Millatlar va etnik guruhlarning sotsial-etnik tarkibi. 2.Mustaqillik sharoitida O'zbekistonda sotsial-etnik munosabatlar. 3.Sotsial tabaqalashuv jarayoni. Millatlar va etnik guruhlarning sotsial-etnik tarkibi Jamiyatning ijtimoiy-etnik tarkibini tatqiq qilish sotsiologiyaning maxsus sohasi bo'lib, etnosotsiologiya deb ataladi. Sotsiologiyaning bu sohasi jamiyatning ijtimoiy tarkibiy tuzilishidagi etnik millatlar, halqlar, elatlar, guruhlarning ijtimoiy rivojlanish masalalarini o'rganadi. Ularning ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-mafkuraviy, madaniy, ta'limiy, diniy va boshqa o'ziga xos qadriyatlarni tatqiq qiladi. Etnos tushunchasi (qadimgi yunoncha so'z bo'lib halq ma'nosini anglatadi) - muayyan hududda tarixan tarkib topgan, boshqalardan farqlanuvchi o'z madaniyatiga, ruhiy uyg'unlikka va boshqa umumiy xususiyatga ega bo'lgan kishilarning nisbatan barqaror borligini anglatadi. Demak, etnosotsiologiyaning tadqiqot obyekti - eng avvalo halqlar, millatlar, etnik guruhlarning ijtimoiy tarkibini, boshqa etnik birliklaridan farq qiluvchio'ziga xos madaniyati, turmushi, urf-odatlari, tili va boshqa shu kabi o'ziga xos xususiyatlarini o'rganadi. Millat, millatlararo munosabatlar masalasi sotsiologiyadan boshqa ijtiomiy-gumanitar fanlar, iqtisodiyot nazariyasi, siyosatshunoslik, axloq va nafosatshunoslik, tarix, etnografiya kabilarni ham o'rganish obyekti hisoblanadi. Etnosotsiologiyada esa millat va milliy munosabatlar, ularning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma'anviy-mafkuraviy munosabatlardagi o'zaro o'zviy aloqadorligi nazarda tutilgan holda, konkret etnik muhit doirasida, ijtiomiy jamoalardagi, oiladagi, hududiy tartibdagi munosabatlarni etnik xususiyatlari doirasida olib qarab o'rganiladi. Shuningdek millatlararo munosabatlarning jamiyat ijtimoiy hayotiga ta'siri va ularning ijtimoiy oqibatlari tatqiq qilinadi. Shu jihatdan etnosotsiologiyaning jamiyatni o'rganishdagi ahamiyati kattadir. Sobiq sovet tizimi davrida etnosotsiologiya to'laqonli o'z rivojini topmadi. Turli millatlar, elatlar, halqlar va etnik guruhlarning ijtimoiy taraqqiyotiga bir tomonlama yondashildi. Kelajakda ular o'zaro kushilib yaxlit bir Sovet halqi etnik birligi vujudga keladi, - degan xayoliy, soxta va notug'ri mafkuraviy siyosat yurgizilishi oqibatida har bir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.13 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.13 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga