Ijtimoiy stratifikasiya sotsiologiyasi

Ijtimoiy stratifikasiya sotsiologiyasi

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Ijtimoiy stratifikasiya sotsiologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Ijtimoiy stratalar nazariyasi va uni o'rganish tarixidan. 2. Ijtimoiy stratalar konsepsiyasining ilmiy asoslari. 3. Ijtimoiy stratalar tasnifi. 4. O'zbekiston yoshlarining stratifikasiyasi. Jamiyat tarkibida sinflar, stratalar, ijtimoiy guruhlarning bo'lishi, jamiyatda turli xil tabaqalar tuzish, har bir siyosiy-tarixiy davrda aholini zodagonlar va qullarga (Misr, Vavilon), fuqarolar va plebeylarga (Afina va Rim) braxman va xizmatkorlarga ajratish (Hindiston) orqali boshqarish tajribalari insoniyat tarixidan ma'lumdir. Qadimgi Turon mamlakatida asosan aholining a) uruІ-qabilaviy kelib chiqishidan; b) kasbiy mansubligidan; v) diniy-e'tiqodiy qarashlaridan va nihoyat; g) shajaraviy-sulolaviy kelib chiqqan holda tasnif etib kelingan. Turon tarixidan ma'lumki, jamiyatni ana shunday tasnif etish har bir ijtimoiy guruh, strataning siyosiy-ijtimoiy o'rni va rolini obyektiv belgilash, ulardan samarali foydalanish, umumdavlat miqyosida ularning murosaviy konsensusini ta'minlash, siyosiy boshqarish imkonini bergan. Sivilizasiya jarayonlari ijtimoiy guruhlar, sinflarning turІun amal qilishi to'Іrisidagi tasavvurlarni yo'qqa chiqardi. Jamiyatda sinflarning an'anaviy, aniq belgilangan farqlari yemirilib, ilgari kuzatilmagan negizlardagi ijtimoiy guruhlanish tendensiyalari yuzaga chiqa boshladi. Guruhlarning qayta tasniflanishi esa shu guruhlarning tarkibi, uyushish sifati va mazmuniga muvofiq bo'lgan yangi boshqarish tizimlarini ishlab chiqishni talab qila boshladi. Boshqarish tizimining jamiyatda jadal yuz berayotgan qayta guruhlanish jarayonlariga moslashishi ehtiyoji keskin kuchaydi. Bunday moslanishga ulgurmagan hollarda kutilmagan kataklizmlar (buhronlar), lokal ijtimoiy-siyosiy portlashlar yalpi tarzda yuz bera boshladi. Misollar mamlakatimizda ham, xorijiy o'lkalarda ham talay. Mazkur ijtimoiy-siyosiy holat jamiyatimizda yuz berib ulgurgan va jadal shakllanayotgan yangi ijtimoiy guruhlar - stratalar mohiyatini anglash va ularga muvofiq zamonaviy boshqarish tizimlarini jadal sur'atlarda ishlab chiqish masalalarini zudlik bilan bajarishni dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo'yadi. Jamiyatni o'rganish tamoyillari, ijtimoiy-iqtisodiy voqyelikka yondoshuv xususiyatlari doimiy ravishda o'zgarib, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.17 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.17 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga