Ijtimoiy tenglik va davlatning mehnat faoliyatini rag'batlantirish tadbirlari Har qanday jamiyat farovonligida ijtimoiy tenglik tamoyili juda muhim o'rin tutadi. Bu tamoyil aholining turli qatlamlariga berilgan iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlar keskin farq qilmasligi kerakligini ta'kidlaydi. Hatto o'ta kapitalistlashgan jamiyatlarda ham daromadlar aholining turli qatlamlari o'rtasida nisbatan teng taqsimlanishiga qaratilgan siyosat olib boriladi. Process Tenglik prinsipi asosida odamlarning adolat haqidagi qarashlari yotadi. Falsafada adolatga ikki xil qarash bo'lib, biri hamma boylik va imkoniyatlar hammaga teng taqsimlanishi kerak deydi (bu taqsimiy yoki distribyutiv adolat deb ataladi), ikkinchisi boylik va imkoniyatlar har kimning qilgan mehnati va yutuqlariga qarab bo'linishi kerak deydi (bu hissaviy yoki kontribyutiv adolat deb ataladi). Bu ikki yondashuv juda keskin bo'lib, ularning biriga amal qilgan jamiyat tezda ichki muammolar yukidan aziyat cheka boshlaydi va tanazzulga uchraydi. Jamiyat muvozanatda bo'lishi va farovon yashashi uchun, shu ikki tamoyil uyg'unlikda ishlashi lozim. Bunda eng asosiy e'tiborni shunga qaratish kerakki, daromadlar taqsimlanishida kontribyutiv adolat tamoyiliga amal qilinsa, imkoniyatlar taqsimlanishida distribyutiv adolat tamoyiliga amal qilish kerak. O'zining mehnat vazifalarini bajarishdagi yutuqlari, halol va vijdonan mehnat qilgani, korxona ijtimoiy hayotida faol ishtirik etgani, davlat va jamiyat ishlaridagi jonbozligi hamda ulkan xizmatlari uchun xodimlar moddiy va ma'naviy shakllarda rag'batlantirilishi mumkin. Bunday choralar, birinchidan, xodimning yuksak ish natijalari, samarali mehnati, ijtimoiy-siyosiy faolligini korxona hamda jamiyat tomonidan e'tirof etish, ikkinchidan, uni fidokorona mehnati uchun munosib taqdirlash ,uchinchidan, halol va sidqidildan bajarilgan ish hech qachon e'tibordan chetda qolmasligini ko'rsatish va shu asosda boshqa xodimlarni o'z xizmat vazifalarini jon-dildan bajarish tuyg'ularini shakllantirish, to'rtinchidan korxonadagi ma'naviy-ruhiy muhitni sog'lomlashtirish va yaxshilashga xizmat qiladi. Process ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:38:47
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.21 MB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:22
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:38 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.21 MB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:22 ]
Arxiv ichida: pptx