Ijtimoiy tizim va ijtimoiy struktura

Ijtimoiy tizim va ijtimoiy struktura

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Ijtimoiy tizim va ijtimoiy struktura - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy tizim va ijtimoiy struktura (tuzilma) Reja: Tabiiy va ijtimoiy tizimlar, ijtimoiy tizimlarning turlari Jamiyat ijtimoiy-madaniy tizim sifatida Jamiyat strukturasi Butunlik, tizimlarning integratsiyasi va differentsiyasi Tabiiy va ijtimoiy tizimlar, ijtimoiy tizimlarning turlari Tizim tushunchasi uzoq tarixga ega, va allaqachon antik davrlardan butun o'zining qismlarining jamlanmasi ekanligi to'g'risidagi tasavvurlar shakllangan. Falsafaning rivojlanishi bilan bilimlar tizimlarining o'ziga xos xususiyatlarini ham ochishga bo'lgan urunishlar muvaffaqiyat bilan olib borilgan. Tizimlar uchun nafaqat aloqalar va ularni tashkil etuvchi elementlarning o'zaro munosabatlari muhim ahamiyatga ega, balki ularning atrof-muhit bilan chambarchas bog'liqligi, va muhit bilan o'zaro munosabatlarga kirishganda namoyon bo'luvchi tizimning o'ziga xos yaxlitlik jihatlari ham alohida o'rin egallaydi. Nisbatan sirtdan qaralganda tizimlar noorganik, organik va mavhum bo'ladi. Noorganik tizimlarga fizik, kimyoviy, geologik va boshqa ko'rinishlarda bo'ladi. Organik tizimlarga tabiiy, biologik va ijtimoiy tizimlar mansub, mavhum tizimlarga esa - ilmiy bilimlar tizimlari: matematika, kimyo, fizika, biologiya kabilar kiradi. Mavhum tizimlar inson tafakkurining mahsuli, bilish va fan taraqqiyoti natijasi hisoblanadi. Bugungi kun sivilizatsiyasi inqirozining eng katta sababi bu insoniyatning texnokratik taraqqiyoti hisoblanib, u atrof muhitga har qachongidan ham ko'ra ko'proq ta'sir o'tkazish va uning resurslari: suv, tabiiy qazilma boyliklari, o'zimlik olami va boshqalardan ehtiyotsizlik bilan foydalanish natijasida sodir bo'ladi. Planeta harorati so'nggi yuz yil ichida 1 gradusdan ham ko'ra kamroqqa ko'tarilgan, ammo energiya akkumulyatori - okeanlar keskin va kutilmagan o'zgarishlarga uchramoqda: Shimoliy muz okeanida 1970-2003 yillar oralig'ida muz yuzasi 40 % ga kamaydi, Antarktida muzlarining erishi tezligida esa so'nggi mingyillikda kuzatilmagan holat sodir bo'ldi: 35 kun ichida 2850 kvm muz erishi kuzatildi. Bu giroskopik planeta qutblarining almashinishi effektiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.6 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.6 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga