Ijtimoiy tuzilmalar sotsiologiyasi

Ijtimoiy tuzilmalar sotsiologiyasi

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Ijtimoiy tuzilmalar sotsiologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy tuzilmalar sotsiologiyasi Reja: 1. Jamiyatning ijtimoiy tarkibiy tuzilishi, sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik tushunchalari. 2. Yoshlar sotsiologiyasi tushunchasi. 3. Deviant xulq-atvor sotsiologiyasi tushunchasi. Jamiyat - kishilar hayotiy faoliyatining tarixiy rivojlanish shakli bo'lib, o'z tuzilishi jihatidan murakkab tizimni tashkil qladi. Bizning hozirda yashab turgan jamiyatimizni sotsial tizimning muayyan konkret shakli sifatida, uning funktsional va rivojlanish qonuniyatini, har bir bo'lakchalarinig o'ziga xos tomonlarini, o'zaro munosabatlarini ilmiy jihatdan o'rganib, to'g'ri boshqarish muhim ahamiyatga egadir. Chunki, o'z vaqtida keyingi oqibati oldindan sotsiologik asosda tahlil qilinmagan va oldi olinmagan nuqsonlar jamiyat taraqqiyotining salbiy oqibatlariga olib keladi. Sotsiologiya tarixda jamiyat - o'z ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi kishilar birligi sifatida tushunilgan. Shu bilan birga, jamiyat ayrim kishilarning birligiga emas, balki ijtimoiy munosabatlar majmuasi hamdir. Sotsiologiya jamiyat to'g'risidagi ta'limot bo'lib, ijtimoiy tizimlar rivojlanish va funktsional qonuniyatlari, harakatlantiruvchi kuchlarini o'rganuvchi fandir. U turli ijtimoiy hodisalar, jamiyat va tabiat o'rtasidagi aloqadorlikni, shuningdek, shaxs kishilarning ijtimoiy xulqi, uning elementlari va rivojlanish qonuniyatlarini o'rganadi. Avvalo biz jamiyatni sotsiologik nuqtai-nazardan quyidagicha o'rganamiz: 1) Jamiyatning tuzilishi va tarkibi o'rganiladi (ya'ni jamiyat qanday kishilardan iborat, ular qancha va qanday sinf yoki tabaqalarga mansubligi ko'iladi); 2) Jamiyatda istiqomat qlayotgan kishilarning xatti-harakatlari nimalardan iborat (ya'ni, ularning o'zaro munosabatlaridagi xarakterlari ko'riladi). Bunda biz jamiyatda istiqomat qilayotgan kishilarning faoliyatlarini tasodifiy emas, balki aynan o'sha jamiyat qonuniyatlari asosida rivojlanib borishini ta'kidlashimiz kerak. Jamiyatdagi kishilarning qanday tabaqalarga taqsimlanishi, ushbu jamiyatning qanday kishilardan iborat ekanligi, jamiyat ichki faoliyatida kishilarning o'zlarini qanday tutishlari va o'zaro munosabatlarning qay darajada ekanligi, alohida bir kishilarning xatti-harakatlarini qanday kuchlar boshqarib turishligi -kishilarning o'zaro munosabtlaridagi xarakterining o'zagini tashkil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 375.36 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:22 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 375.36 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga