Reja: 1. Millatlar va etnik guruhlarning sotsial-etnik tarkibi 2. Mustaqillik sharoitida O'zbekistonda sotsial-etnik munosabatlar 3. Sotsial tabaqalashuv jarayoni Insoniyat xilma-xil ijtimoiy etnik birliklardan tashkil topgan. Bugungi kunda 200 dan ortiq mamlakatlarda 2 mingdan ortiq millat, elat va qabilalar yashamoqda. Ularning so'zlashadigan tillari esa 5 mingdan ortiqni tashkil etadi. Ammo mana shu tillardan 2 mingtasidan ko'prog'ida ¸zuvlar yo'q. Jamiyatning ijtimoiy-etnik tarkibini tadqiq qilish sotsiologiyaning maxsus sohasi bo'lib, etnosotsiologiya deb ataladi. Sotsiologiyaning bu sohasi jamiyatning ijtimoiy tarkibiy tuzilishidagi etnik millatlar, xalqlar, elatlar, guruhlarning ijtimoiy rivojlanish masalalarini o'rganadi. Ularning ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-si¸siy, ma'naviy-mafkuraviy, madaniy, ta'limiy, diniy va boshqa o'ziga xos qadriyatlarni tadqiq qiladi. Etnos tushunchasi (qadimgi yunoncha so'z bo'lib xalq manosini anglatadi) - muayyan hududda tarixan tarkib topgan, boshqalardan farqlanuvchi o'z madaniyatiga, ruhiy uyg'unlikka va boshqa umumiy xususiyatga ega bo'lgan kishilarning nisbatan barqaror borligini anglatadi. Demak, etnosotsiologiyaning tadqiqot obyekti - eng avvalo xalqlar, millatlar, etnik guruhlarning ijtimoiy tarkibini, boshqa etnik birliklaridan farq qiluvchi o'ziga xos madaniyati, turmushi, urf-odatlari, tili va boshqa shu kabi o'ziga xos xususiyatlarini o'rganadi. Millat, millatlararo munosabatlar masalasi sotsiologiyadan boshqa ijtiomiy-gumanitar fanlar, iqtisodi¸t nazariyasi, si¸satshunoslik, axloq va nafosatshunoslik, tarix, etnografiya kabilarni ham o'rganish obyekti hisoblanadi. Etnosotsiologiyada esa millat va milliy munosabatlar, ularning iqtisodiy, si¸siy, madaniy va maanviy-mafkuraviy munosabatlardagi o'zaro uzviy aloqadorligi nazarda tutilgan holda, konkret etnik muhit doirasida, ijtiomiy jamoalardagi, oiladagi, hududiy tartibdagi munosabatlarni etnik xususiyatlari doirasida olib qarab o'rganiladi. Shuningdek millatlararo munosabatlarning jamiyat ijtimoiy ha¸tiga ta'siri va ularning ijtimoiy oqibatlari tadqiq qilinadi. Shu jihatdan etnosotsiologiyaning jamiyatni o'rganishdagi ahamiyati kattadir. Sobiq Sovet tuzumi davrida etnosotsiologiya to'laqonli o'z rivojini topmadi. Turli millatlar, ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:38:47
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.95 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:38 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.95 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:22 ]
Arxiv ichida: doc