Ijtimoiylashuv jarayonlarining namoyon bo'lish shakllari Reja: 1. Ijtimoiylashmagan bolalar haqida tushuncha. 2. Ijtimoiy reaksiyalarning shakllanishi. 3. Ijtimoiylashuv jarayonida deprivasiya Evolyusion taraqqiyotning quyi bosqichida turadigan maxluqotlar, aytaylik qumursqalarning ko'p turlari, dunyoga kelishi bilanoq o'z g'amlarini o'zlari yeya boshlaydilar va «katta»larning yordamiga juda kam ehtiyoj sezadilar. Quyi maxluqlarda avlodlar yo'q, chunki turning «yosh» vakillari xulq-atvori kattalarniki bilan deyarli bir xil. Biroq biz evolyusion taraqqiyotning yuqorisi tomon ko'tarilganimiz sari bunday holni kamroq uchrata boshlaymiz: oliy hayvonlar xulq-atvorning tegishli usullariga o'rganishlari kerak. Sutemizuvchilarning bolalari dunyoga kelganda mutlaqo ojiz bo'lib, «katta»larning yordamiga muhtoj bo'ladi. Insonlarning chaqaloqlari esa ular orasida ham eng ojizi. Bola, agar loaqal dastlabki to'rt-besh yid davomida yordam olmas ekan, u yashay olmaydi. Ijtimoiylashuv shunday jarayonki, unda ojiz chakaloq o'zi tug'ilgan madaniyatning mohiyatini tushunadigan, o'zini-o'zi anglay oladigan aqlli mavjudotga aylanib boradi. Ijtimoiylashuv bola o'zi muloqotga kirishayottan narsalar ta'sirini passiv qabul qiladigan «madaniy prgrammalashtirish»ning ko'rinishlaridan biri emas. Hayotining dastlabki daqiqalaridan boshlab chakaloq zarurat va ehtiyojlar seza boshlaydiki, ular u haqda g'amxo'rlik qilishi lozim bo'lgan kattalar xulq-atvoriga ta'sir o'tkazadi. Ijtimoiylashuv turli avlodlarni bir-biri bilan bog'laydi. Chaqalokning tug'ilishi uning tarbiyasi uchun mas'ul bo'lganlar hayogini o'zgartiradi va ular yangi tajribaga ega bo'ladi. Ota-onalarning majburiyatlari, odatda ularni umrning qolgan qismida bolalar bilan bog'lab qo'yadi. Keksalar nabira tug'ilgandan keyin ham ota-onaligicha qoladilar va bu aloqalar turli avlodlarni bir-biri bilan bog'laydi. Madaniy rivojlanish chaqaloqlik va ilk bolalik davrida keyingi davrlarga qaraganda intensivroq davom etsa ham, o'qish-o'rganish va moslashish insonning butun hayotida davom etadi. Keyingi boblarda biz oldingi bobda ko'tarilgan «tabiat»-ga qarshi mavzusini davom etgiramiz. Avval biz individning tug'ilishdan to ilk ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:38:47
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.05 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:38 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.05 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:22 ]
Arxiv ichida: doc