Ijtimoiylashuv va madaniy sikl

Ijtimoiylashuv va madaniy sikl

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Ijtimoiylashuv va madaniy sikl - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiylashuv va madaniy sikl Reja: Bolalar rivoji haqidagi asosiy nazariyalar Kognitik taraqqiyot bosqichlari. Ijtimoiylashuv agentlari. Ijtimoiylashuv va individual erk. Boulbi tadqiqotida bola rivojining faqat ba'zi jihatlariga, xususan, bolaning u haqsa g'amxo'rlik qilayotganlar bilan hissiy aloqalarining muhimligiga urg'u beriladi. Bola shakllanishining boshqa jihatlari, ayniqsa, bola o'zini shaxs sifatida idrok qilishining shakllanishi, individ boshqalardan alohida mohiyat ekani haqidagi bilimning shakllanishini qanday tushunish lozim, degan savol tug'ilishi tabiiy. hayotining dastlabki oylarida chaqaloq atrofidagi odamlarni farqlay olmaydi va o'zini anglamaydi. Taxminan ikki yoshgacha, ba'zan esa undan kechroq ham bola «men» («I»), «menga» («Me») va «sen» tushunchalarini ishlatmaydilar. Keyinchalik ular asta-sekin boshqalar o'ziga xos belgilarga, ularniki bilan bir xil bo'lmagan ong va ehtiyojlarga ega ekanini tushuna boradilar. O'z-o'zini anglashning kelib chiqish masalasi favqulodda munozarali bo'lib, u bir-biriga mutlaqo zid bo'lgan nazariy istiqbollar nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Bu hol muayyan darajada bola rivoji haqidagi turli nazariyalarda ijtimoiylashuvning turli jihatlari ta'kidlanishi bilan izohlanadi. Buyuk psixolog va psixoanaliz asoschisi Zigmund Freyd bola rivojining emosional jihatlarini, birinchi navbatda, bola o'z istaklarini qanday nazorat qilishini o'rgandi. Amerikalik faylasuf va sosiolog Jorj Gerbert Mid asosiy e'tiborni bolalar «men» va «menga» tushunchalaridan foydalanishni qanday o'rganishlariga qaratdi. Bolalar xulq-atvorining tadqiqotchisi shveysariyalik Jan Piaje bolalar rivojining turli jihatlarini o'rgandi, lekin uning eng mashhur asarlari kognitiv rivojlanish, ya'ni bola o'zi va o'z atrofidagilar to'g'ri-sida o'ylashga qanday o'rganishi to'g'risida edi. Freyd va psixoanaliz 1856-1939 yillar orasida yashagan venalik vrach Zigmund Freyd psixologiyaning rivojiga juda kuchli ta'sir o'tkazdi, U XX asrning eng yirik mutafakkirlaridan biri edi. Uning g'oyalari san'at, adabiyot, falsafa, ijtimoiy va gumanitar fanlarning rivojiga ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.59 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.59 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga