Insonning kelib chiqish va mohiyati haqidagi konsepsiyalar va ularning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish

Insonning kelib chiqish va mohiyati haqidagi konsepsiyalar va ularning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Insonning kelib chiqish va mohiyati haqidagi konsepsiyalar va ularning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish - rasmi

Material tavsifi

Insonning kelib chiqish va mohiyati haqidagi konsepsiyalar va ularning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish Reja: Insonning paydo bo'lishi masalasiga tabiiy va ijtimoiy fanlardagi qarashlarni sistemalashtirish. Insonning vujudga kelishi haqidagi turli konsepsiyalarini o'rganish. Shaxs, jamiyat va ularning tarixiga tsivilizatsion yondashuv tamoyilining zarurligi va uning ahamiyatini o'rganish. 1. Inson shunday bir borliqki, tabiatda undan ulug' va mo'tabar boshqa biron bir mavjudot yo'q. Inson tabiat yaratgan jami mo'jizalarning sultoni, jumlai jahon deb ataluvchi tabiatning gultojidir. Inson muammosi ko'plab ijtimoiy va aniq fanlarning o'rganish manbaidir. Jumladan, iqtisodiyot nazariyasi va sotsiologiya, biologiya va tibbiyot, psixologiya va etnografiya, tarix va geografiya kabi qator fanlar insonni u yoki bu jihatdan tadqiq qiladilar, uning xarakterli tomonlarini ochib beradilar. Shuni aytish kerakki, inson haqida to'liq, chuqur, har tomonlama va keng bilim beradigan biror bir maxsus fan yo'q. Lekin inson haqida turli fanlar berayotgan ma'lumotlarni umumlashtirish, ularni bir butun sistema sifatida ishlab chiqish ehtiyoji mavjud. O'tgan darsda takidlanganidek, inson birdaniga bir necha jihatdan xarakterlanishi mumkin. O' o'z tanasi, jismining xususiyatlariga ko'ra dunyodagi son-sanoqsiz narsalar kabi jismoniy, fizik jism sanaladi. Fiziologik xususiyatlari, kun kechirishi, ovqatlanishi, avlod qoldirishi va hoka'zolarga ko'ra esa u yerdagi jonivorlar, hayvonot dunyosi vakillaridan biri sanaladi. Ammo u fikrlashi, mehnat qilishi, yaratuvchiligiga ko'ra esa alohida hilqat bo'lib, ayni ana shu jihatlar uning odam, inson, shaxs deb atalishiga, ijtimoiy hodisa ekanligiga asos bo'ladi. Ko'rinib turibdiki, insonni dunyodagi boshqa jismoniy, fizik-kimyoviy, biologik hodisalar bilan bog'lab turuvchi, ularning umumiyligini taminlovchi asoslar ham, uni ana shu hodisalardan ajratib turuvchi, faqatgina unga xos bo'lgan asoslar ham mavjud. Hozirgi paytda fanda insonni bioijtimoiy mavjudot deb ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.26 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.26 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga