Reja: 1. Bozor iqtisodiyotiga o'tishning asosiy tamoyillari 2. Ijtimoiy boshqaruv asoslari va uning hozirgi davrdagi shakli hamda ijtiomiy bashorat elementlari XIX asr oxiri va XX asr boshlariga kelib, iqtisodiy hayot sotsiologiyaning tadqiqot obyektiga aylandi. Xuddi shu davrda ishlab chiqarishda inson omilining yetakchilik roli anglab etildi va bu boradagi tafakkur shakllanib bordi. Hozirgi davrda iqtisodiy hayotni malum bir konsepsiyalarsiz, mafkuraviy maqsadlarga asoslanmasdan tasavvur qilib bo'lmaydi. Shunga ko'ra Prezident Islom Karimovning bozor iqtisodiyotiga o'tish davri tamoyillaridan biri bo'lgan «iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi» tamoyili iqtisodiy hayotning ma'muriy buyruqbozlik mafkurasidan holi bo'lishini, iqtisodiyotni erkinlashtirishni ko'zda tutadi. Iqtisodiy hayot inson ma'naviy hayoti bilan uzviy bog'liqdir. Prezident I.Karimov takidlaganlaridek, «Bizning bozor munosabatlariga o'tish modelimiz Respublikaning o'ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an'analar, urf-odatlar, turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o'tmishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, beso'naqay rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi». Iqtisodiy hayot sotuvchi va xaridor o'rtasida madaniy, ma'naviy munosabatlarsiz mavjud bo'lmaydi. Agar ishchining mafaatlari, ehtiyojlari inobatga olinmasa, ularning maqsadi va intilishlariga sharoit yaratilmasa, hech qanday texnik va texnologiya muammolarini hal qilishga imkoniyat bermaydi. G'arb davlatlarida XX asr 60-yillarida iqtisodiy sotsiologiya fanining ijtimoiylashuvi tendensiyasi kuchaydi. Iqtisodiy sotsiologiyani bugungi kunda global va xususiy masalalarni hal qiluvchi fan sifatida tasavvur qilish mumkin. Iqtisodiy hayotni ijtimoiy talqin etishga birinchi bor G'arbda F.Teylor etibor berdi. U ishchilarning mehnatga bo'lgan qiziqishini o'rgandi va 1894 yili mehnatga haq to'lash tizimiga asoslangan nazariyani ishlab chiqdi. Bu g'oya «iqtisodiy odam» konsepsiyasi asosida shu narsalarga etibor berildi: Eng qisqa vaqtda ishchi qancha ko'p hajmda ish bajarsa, unga shuncha haq to'lash. Ishning hajmini emas, balki samaradorligi va yaxshiligini rag'batlantirish. ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:38:47
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.64 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:38 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.64 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:23 ]
Arxiv ichida: doc