Jamiyatning ijtimoiy tuzilishi masalalarini o'rganish

Jamiyatning ijtimoiy tuzilishi masalalarini o'rganish

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Jamiyatning ijtimoiy tuzilishi masalalarini o'rganish - rasmi

Material tavsifi

Jamiyatning ijtimoiy tuzilishi masalalarini o'rganish Reja: 1.Jamiyatdagi ijtimoiy guruhlar tasnifi. 2.O'zbekistonda mulkdorlar tabaqasining paydo bo'lishini o'rganish. 3.Oila-jamiyat tizimining ajralmas qismidir. Odatda ijtimoiy tuzilish ikki xil manoda - keng va tor manoda qaraladi. Keng manoda ijtimoiy tuzilish umuman jamiyatning tuzilishi, uning asosiy qismlarining o'zaro aloqasi tizimi sifatida talqin qilinadi. Tor manoda bu atama umumiy belgilari va manfaatlari bilan birlashgan ijtimoiy birliklarni anglatadi. Ijtimoiy birliklarga sinflar, stratlar (tabaqalar, qatlamlar), kasbiy va sohaviy guruhlar, elatlar, millatlar, millatlararo va mintaqaviy birlashmalar, demografik guruhlar, kishilarning shahardagi va qishloqdagi hayot faoliyati shakllari, mehnat, oila va boshqalarga oid tuzilmalar kiradi. Jamiyatning ijtimoiy sohasi - bu kishilarning turli-tuman ijtimoiy birliklar orqali murakkab o'zaro aloqalari tizimi bo'lsa, ijtimoiy munosabatlar - ularning obyektiv ravishda mavjud bo'lgan mulkiy, kasbiy, demografik, etnik, milliy va boshqa farqlari asosidagi aloqalaridir. Jamiyatning ijtimoiy tuzilishi har xil turdagi ijtimoiy birliklar va ular o'rtasidagi munosabatlar majmuidir. So'nggi o'n yilliklarda ijtimoiy guruhlar va qatlamlarning mazmunida, ularning o'zaro munosabatlari xarakterida sezilarli o'zgarishlar yuz bermoqda. Ijtimoiy harakatchanlik oshmoqda, hukmron sinf, ishlab chiqarish va ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lmagan sohalar xodimlari sinfi, yangi o'rta sinf shakllanmoqda. Ular o'rtasida oraliq guruhlar paydo bo'lmoqda, millat va davlatdan ustun turuvchi yirik tuzilmalar vujudga kelmoqda. Umuman olganda, jamiyat tarixi ijtimoiy tuzilmaning rivojlanishi doimiy ravishda murakkablashuvga, texnikaviy, texnologik va iqtisodiy negizga hamda sivilizatsiya tipiga bog'liq holda yangi birliklarni vujudga keltirishga moyilligidan dalolat beradi. Turli mezonlar va belgilar asosida kishilar majmuidan iborat bo'lgan ijtimoiy birliklar ularning soni va jamiyatdagi o'rniga bog'liq ravishda quyidagilarga bo'linadi: - katta guruhlar (sinflar, millatlar, kasb va sohaga oid guruhlar va hokazo); - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.36 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.36 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga