Jamiyatning ma'naviy hayoti masalalarini o'rganish Reja: 1.ma'naviyatning jamiyat hayotidagi o'rnini o'rganish. 2.Mustaqillik va xalqimiz ma'naviyatining qayta tiklanishini o'rganish. 3.Diniy ekstremizm va fundamentalizmni havfi. 4. Mavzuni o'rganish bo'yicha metod va metodik usullar. Ushbu mavzu 3-bobning yakunlovchi mavzusi bo'lib, uni o'rgangandan so'ng o'quvchilar hozirgi zamon jamiyati, undagi muammolar va rivojlanish tendensiyalari to'g'risida umumiy tasavvurga ega bo'ladilar. Muhim tomoni shundaki, iqtisodiy bilim asoslari bilan birga, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy sohalariga oid bilimlar o'quvchilarga ularning o'zaro ta'sirlashuv tendensiyalarini tushunib olishga imkon beradi. Mavzuni o'rganishda o'quvchilarning etiborini madaniyat, fan, ta'lim, ma'naviyat, diniy totuvlik va e'tiqod erkinligi kabi muhim qadriyatlarning o'zaro ta'siriga qaratish zarur. ma'naviy sohada insonning boshqa tirik mavjudotlardan muhim farqi bo'lmish ma'naviyat (arab. manolar majmui) vujudga keladi va amal qiladi. ma'naviy faoliyat ma'naviy ehtiyojlarni, yani kishilarning ma'naviy qadriyatlarni yaratish va o'zlashtirishga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish uchun amalga oshiriladi. Ularning orasida eng muhimi ma'naviy barkamollikka erishishga, go'zallik tuyg'ularini qondirishga, atrofdagi olamning mohiyatini bilishga bo'lgan ehtiyojdir. ma'naviy qadriyatlar tizimi ma'naviy madaniyatning ajralmas qismidir. ma'naviy madaniyatning o'zi esa san'at, fan, axloq va dinning o'ziga xos yaxlitligidir. O'quv qo'llanmasida bir necha bor takidlanganidek, madaniyat (ham moddiy, ham ma'naviy jihatlari) jamiyat hayotining muhim xususiyati bo'lib, ijtimoiy mavjudot bo'lmish insondan ajralmasdir, uning rivojlanganlik darajasi esa muayyan tarixiy tamaddun erishgan yutuqni ifodalaydi. Shu o'rinda shuni aytib o'tish lozimki, madaniyatning qandaydir to'liq, hammabop ta'rifini ifodalab bo'lmaydi (o'quv qo'llanmasining 17-betida umumiy ta'rif berilgan), chunki bu tushuncha ortida inson faoliyati, izlanishlari, his-tuyg'ulari va hoka'zolar bilan bog'liq cheksiz olam yashiringan. Hozirgi zamon madaniyatshunoslari bu tushunchaning besh yuzdan ortiq ta'rifini keltirishlari ham bejiz emas. Biologik jihatdan inson ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:38:47
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
68.88 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:38 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
68.88 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:24 ]
Arxiv ichida: doc