Jamiyatning siyosiy tizimi Reja: Siyosiy tizim tushunchasi. Siyosiy tizimning asosiy vazifalari va tipologiyasi. Mustaqillik sharoitida O'zbekistonda siyosiy tizimni tubdan isloh qilinishi. Siyosiy tizim tushunchasi. Siyosiy tizim - u yoki bu jamiyat siyosiy tizimining siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, mafkuraviy, ma'naviy-madaniy tartib qoidalariga, tarixiy an'analariga va axloq normalariga bo'ysunishiga siyosiy muassasalar, siyosiy hayot, siyosiy jarayonlar u yoki bu jamiyat siyosiy tashkil etilishi - uyushtirilishining aqidalari mujassamlangan yaxlit va tartibga solingan majmuidir. Siyosiy tizim siyosiy hokimiyatni jamiyat miqiyosida tashkil etish-uyushtirishni, jamiyat bilan davlat hokimiyati barcha islohotlarning o'zaro aloqadorlik munosabatlarini, siyosiy jarayonlar oqimini tashkil etuvchi siyosiy hokimiyatning muassasalashuvini, siyosiy faoliyatning holati, siyosiy ijodkorlikning darajasini, fuqarolarning siyosiy munosabatlariga kirishuvi shart-sharoitlarini, siyosiy yo'nalgan yoki muassasaviy uyushgan munosabatlar tabiatini qamrab oladi. Jamiyatning boshqa - iqtisodiy, ijtimoiy, mafkuraviy, ma'naviy-axloqiy, huquqiy tarkibiy qismlari bilan siyosiy sistema o'zaro munosabatlarga kirishib, ular o'zviy bog'langanlik va aloqadorlik holatlarida amal qiladi. Siyosiy tizim siyosiy hokimiyat bilan aloqador bo'lgan elementlarini bunda birlashtiradi. Siyosiy tizim jamiyatning maqsad va vazifalarini aniqlash, jamiyat tizimidagi elementlarni birlashtirish va mavjud imkoniyatlarni amalga oshirishga safarbar qiluvchi mexanizmdir. Siyosiy tizim o'zida jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va milliy tuzilmalarini, demografik jarayonla, aholining madaniyat darajasi, ijtimoiy ong holati, ma'naviy-ma'rifiy holatini aks ettiradi. Siyosiy tizim - jamiyatda va hokimiyat, boshqaruvini, eng avvalo davlat hokimiyati va davlat boshqaruvini shakllantirish va amalda ro'yobga chiqarish bilan bog'liq munosabatlar, harakatlar, tashkilotlar tizimidir. Siyosiy tizim o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ular birinchidan, siyosiy tizim doirasida qabul qilinadigan qarorlarining butun jamiyat va uning kichik tizimlari uchun majburiyligida, ikkinchidan, uning jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy strukturasi bilan chambarchas bog'langanligida, uchinchidan, uning nisbiy mustaqilligida, yani, unda tarkibiy ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:38:47
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.07 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:38 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.07 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:24 ]
Arxiv ichida: doc