Jamoat tashkilotlari va ijtimoiy harakatlar. Manfaat guruhlari tushunchasi, funksiyalari Reja: Jamoat tashkilotlari: mohiyati va vazifalari. Ijtimoiy harakatlar: tabiati va manbalari. O'zbekistondagi jamoat tashkilotlari va ijtimoiy harakatlar. Demokratik siyosiy tizimlarining alohida xususiyati - ularda xalqning siyosiy jarayonlarda ishtiroki mexanizmlari faol qo'llanishidir. Xalq saylovlarida ovoz berish referendumlarda o'z idorasini bayon etish bilan birga, kundalik hayotda o'z manfaatlarini, talablarini, takliflarini hokimiyatga yetkazish, ularni xal qilish, hokimiyatni nazorat eti sh kabi vazifalarni amalga oshirish, yani tom manoda siyosat subyekti tarzida faoliyat ko'rsatish imkoniga ega bo'ladi. Demokratik jamiyatda siyosiy partiyalar bilan bir qatorda turli xil jamoat birlashmalari va ijtimoiy - siyosiy harakatlar faoliyat ko'rsatadi. Jamoat, 6irlashmalarini bir o'rinda manfaat guruhlari, boshqa bir o'rinda bosim guruhlari, deb nomlash qabul qilingan. Xush, manfaat guruhlari, deganda nimani tushunamiz? Manfaat guruhlari - siyosat subyektlarining o'ziga xos turidir. Ular rasmiy hokimiyat tashkilotlaridan farq qiladi, ammo ushbu tuzilmalar ichida ham vujudga kelishi mumkin. Ayni vaqtda, ular partiyalar bilan ham bir narsa emas (ular siyosiy hokimiyatni egallashga intilmaydilar). G'arb demokratik konsepsiyalarida manfaatni birinchi bor shaxs bilan emas, guruh bilan bog'lagan siyosatshunoslar Jeyms Medison, Artur F.Bentli, Devid Trumenlardir. 1908 yilda nashr etilgan Boshqaruv jarayoni asarida A.F.Bentli XIX asr oxiri XX asr boshi ingliz faylasuflarining guruh - jamiyatning asosiy birligi haqidagi g'oyalarini rivojlantirib, jamiyatni turli xil manfaat guruhlari majmuasi tarzida o'rganishni taklif etdi. Unga ko'ra siyosiy tahlil obyektini - siyosiy maqsadlarga erishish uchun ixtiyoriy ravishda guruhlarga 6irlashgan odamlar faoliyati tashkil etishi kerak. Shu tariqa siyosatga guruh tushunchasi kontseptual tarzda kirib keldi, yani guruh, deganda jamiyatdagi mavxum jismoniy shaxslar birligi emas, manfaat va maqsadlar birligi ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:38:47
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.26 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:38 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.26 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:24 ]
Arxiv ichida: doc