Kichik neformal guruhlar strukturasi va dinamikasi

Kichik neformal guruhlar strukturasi va dinamikasi

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Kichik neformal guruhlar strukturasi va dinamikasi - rasmi

Material tavsifi

Kichik neformal guruhlar strukturasi va dinamikasi Reja: Kirish 1.Kichik gruppalarning shakllanish mexanizmi. 2.Kichik guruhlarda liderlik va rahbarlik. 3.Guruhiy qaror qabul qilish. 4.Guruhiy kelishmovchiliklar va qaror qabul qilish mexanizmi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Ma'lumki, guruhda to'plangan kishilar o'rtasida doimiy muloqot va munosabatlar mavjud bo'ladiki, ularning mazmuni va yo'nalishiga ko'ra, o'ziga xos ijtimoiy-psixologik muhit shakllanadi. Bu muhit guruhning taraqqiyotini ham, undagi turli jarayonlarni ham belgilaydi. Guruhning dinamik jarayonlari deganda avvalo uning shakllanish jarayoni, liderlik va guruhda turli qarorlarni qabul qilish jarayoni, guruhning har bir shaxsga ta'siri kabilar tushuniladi. Guruhning shakllanishi, uning paydo bo'lishi haqida gapiriladigan bo'lsa, avvalo shuni ta'kidlash lozimki, guruh jamiyat ehtiyojlari va ijtimoiy talablar asosida paydo bo'ladi. Masalan, sinf jamoasi doimo bolalarning tug'ilishi, rivojlanishi va ularning maktablarda ta'lim olishlari kerakligi uchun, talabalar guruhi ham shunga o'xshash oliy ma'lumotli shaxslar kerak bo'lganligi uchun paydo bo'ladi va hokazo. Lekin bu masalaning ijtimoiy tomoni. Uni sof psixologik tomoni ham borki, u odamlarning nima uchun jamoalarda ishlashi, odamlar ichida bo'lishi bilan bog'liq. Chunki har bir normal insonda muloqotga bo'lgan ehtiyoj hamda turli hayotiy vaziyatlarda o'zini ijtimoiy himoyada sezish ehtiyoji borki, bu narsa turli kichik jamoalarda ularning bo'linishi taqozo qiladi. Lekin guruhga a'zo bo'lish bilan birgalikda har bir individ qator guruhiy jarayonlarning guvohi bo'ladi. Birinchidan, guruh o'z a'zolariga ma'lum tarzda psixologik ta'sir ko'rsatadi. Bu hodisa psixologiyada konformizm deb ataladi (o'zbek tilida moslanish ma'nosini bildiradi). Bu hodisaning mohiyati shundan iboratki, u individning guruhda qabul qilinadigan normalar, fikrlar, xulq-atvor standartlarini qanchalik qabul qilish yoki qabul qilmasligi bilan bog'liq. Guruh fikrini qanchalik tez qabul qilish, uning ta'siriga berilish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.97 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:24 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.97 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga