Klassik sotsiologiya maktabi vakillari hayoti va ijodi

Klassik sotsiologiya maktabi vakillari hayoti va ijodi

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Klassik sotsiologiya maktabi vakillari hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

Klassik sotsiologiya maktabi vakillari hayoti va ijodi Reja 1. Antik dunyo sotsiologiyasi. 2. Sharq mutafakkirlarining sotsiologik qarashlari. 3. G'arbiy Yevropasotsiologiya maktabi. 4. XX asr sotsiologiyasi. 5. Sotsiologik maktablar va ularning asosiy bosqichlari. Antik dunyo sotsiologiyasi Sotsiologiya fan sifatida qachon vujudga keldi? sotsiologiya bu - jamiyat to'grisidagi fan. Ijtimoiy munosabatlarni, jamiyatning turli sohalardagi o'ziga xos jihatlarini, umumiy va xususiy qonuniyatlarini, jarayonlarini o'rganadi. Ijtimoiy hayot rivojlanishi qonuniyatlarini o'rganishga qaratilgan ta'limotlar, qarashlar, eramizdan avvalgi IV asrdayoq yunon faylasuflari Aflotun (yer.avv. 427-347 yy) ning «Qonunlar», «Davlat to'grisida», Arastu (yer.avv 384-322) ning «Siyosat to'grisida», «Metafizika», «Etika», Protagor (yer.avv. 490-420 yy) «Haqiqat» kabi asarlarida keng yoritilgan. Antik dunyo sotsiologiyasi 3 ta davrga bo'linadi Bular: Eng qadimgi grek sotsiologiya maktabi. Grek demokratiyasi ravnaqi davri. .Antik dunyoning «oltin davri». Sotsiologiyaning predmeti Sotsiologiya - insonlarning sotsial jamoalar va sotsial jarayonlarda tutgan o'rni, ular o'rtasidagi munosabatlarni o'rganadigan fandir. Sotsiologiya - ayni vaqtda jamiyat va shaxsning iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ma'naviy hayotdagi faoliyati va ijtimoiy mazmunini o'rganadigan fan hamdir. Sotsiologiya - jamiyat tuzilishi, uning elementlari va ularning yashash sharoitlarini va shu tuzumda sodir bo'layotgan ijtimoiy jarayonlarni o'rganadigan fandir. Sotsiologiya - shaxsga ijtimoiy hayot qonuniyatlari orqali ijtimoiy muhitga ko'nikma hosil qilishga (adaptatsiya) ko'maklashadigan, shular bilan bir qatorda insonlar jamiyatini rivojlantirishda sotsial tashkilotlarning insonlarga mos, eng qulay variantini topishda va uni amalga oshirishda jismoniy, emotsional-psixologik va ma'naviy imkoniyatlarni ishga solishga yordam beradigan fandir Sotsiologiya jamiyat haqidagi umumiy fan bo'libgina qolmay, balki maxsus sohalararo fan hamdir. U boshqa fanlar o'rganmaydigan o'z obyektiga ega. Uning o'ziga xos sohasi sotsial reallik bo'lib, u inson va jamiyat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 539.71 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:24 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 539.71 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga