Reja: 1. «Madaniyat» tushunchasi va uning mazmuni. Moddiy va ma'naviy madaniyat. 2. Madaniyat shakllari va uning xilma-xilligi. «Madaniyat» (arabcha «madaniyat» - madinalik, shaharlik, ta'lim-tarbiya ko'rganlik) - kishilarning tabitni, borliqni o'zlashtirish va o'zgartirish jarayonida yaratgan moddiy, ma'naviy boyliklar hamda bu boyliklarni qayta tiklash va bunyod etish yo'llari va usullari majmui. «Madina» so'zi musulmonlarning aziz tutadigan joyi - Madina shahri nomidan kelib chiqqan, chunki ilk musulmonlar ta'lim-tarbiyani asosan Madinada olganlar. Madaniyat moddiy va ma'naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy va o'zaro munosabatlar, siyosat, oila, ahloq, xulq, huquq, ta'lim, tarbiya, ijod, ilm-fan, xizmat ko'rsatish, turmush tarzi kabilar bilan birga rivojlanadi, jamiyatning taraqqiyot darajasini aks ettiradi. Madaniyat tushunchasi keng va tor ma'nolarda ishlatiladi. Keng ma'noda - madaniyat tushunchasi insoniyatning butun tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan barcha moddiy va ma'naviy boyliklarning yiІindisini aks ettiradi. Tor ma'noda - madaniyat atamasi - tushunchasi jamiyatning ma'naviy-estetik turmushi darajasini ifodalash uchun qo'llaniladi. Madaniyat atamasi keng ma'noda qo'llanilib, jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma'naviy hayotida qo'lga kiritgan yutuqlar majmui, biror ijtimoiy guruh yoki xalqning ma'lum davrda qo'lga kiritgan shunday yutuqlari darajasini, o'qimishlilik, ta'lim-tarbiya ko'rganlik, ziyolilik va ma'rifatlilik hamda turmushning ma'rifatli kishi ehtiyojlariga mos keladigan shartlari yiІindisini bildiradi. BMT Bosh Assambleyasining qaroriga ko'ra 200 yil «Xalqaro jahon madaniyati yili» deb e'lon qilinganligi bejiz emas. SOTSIOLOGIYAda «madaniyat» tushunchasi matematikadagi «sonlar», fizikadagi «gravitasiya», ximiyadagi «modda» tushunchalari kabi muhim ahamiyatga ega. Madaniyat - insonlarning faoliyat natijalarining majmui o'laroq o'zida ikki holatni, ya'ni madaniy statikani (madaniyatning nisbatan turІun ko'rinishlari) va madaniy dinamikani, ya'ni madaniyatning o'zgaruvchan jihatini mujassamlashtiradi. Madaniyat sotsiologiyasi - «tushunuvchan» («izohlovchi») sotsiologiya doirasida 70-yillarda Germaniya va Fransiyada ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:38:47
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.67 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:38 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.67 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:25 ]
Arxiv ichida: doc