MADANIYAT DIN VA AXLOQ SOTSIOLOGIYASI 1. Madaniyat sotsiologiyasi 2. Din va diniy munosabatlar sotsiologiyasi. 3. Axloq sotsiologiyasining mohiyati. reja: «Ma'daniyat» (arabcha «madaniyat» - madinalik, shaharlik, ta'lim-tarbiya ko'rganlik) - kishilarning tabiatni, borliqni o'zlashtirish va o'zgartirish jarayonida yaratgan moddiy, ma'naviy boyliklar hamda bu boyliklarni qayta tiklash va bunyod etish yo'llari va usullari majmui. «Madina» so'zi musulmonlarning aziz tutadigan joyi - Madina shahri nomidan kelib chiqqan, chunki ilk musulmonlar ta'lim-tarbiyani asosan Madinada olganlar. Ma'daniyat moddiy va ma'naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy va o'zaro munosabatlar, siyosat, oila, axloq, xulq, huquq, ta'lim, tarbiya, ijod, ilm-fan, xizmat ko'rsatish, turmush tarzi kabilar bilan birga rivojlanadi, jamiyatning taraqqiyot darajasini aks ettiradi. Madaniyat tushunchasi keng va tor ma'nolarda ishlatiladi. Keng ma'noda - madaniyat tushunchasi insoniyatning butun tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan barcha moddiy va ma'naviy boyliklarining yig'indisini aks ettiradi. Tor ma'noda - madaniyat tushunchasi jamiyatning ma'naviy-estetik turmushi darajasini ifodalash uchun qo'llaniladi. Ijtimoiy hayotning muhim jabhasi bo'lgan din va diniy e'tiqod masalasi sotsiologiya fanining muhim ob'etklaridan biri hisoblanadi. Sotsiologiya jamiyat hayotini o'rganar ekan, shu hayotning muhim tarkibiy qismi bo'lgan va ayni paytda unga kuchli ta'sir o'tkazuvchi omil - din doimo uning diqqat markazi bo'lgan. Sotsiologiya fanining asoschisi hisoblanuvchi O. Kont jamiyat taraqqiyotini davrlarga bo'lar ekan, asosiy mezonlaridan biri sifatida dinga murojaat qiladi. Uning tasnifida insoniyat o'z rivojida uch bosqichni bosib o'tadi. Bular quyidagilar; teologik, metafizik, va ilmiy bosqichlar. Kont firicha, har uchala bosqichda ham din muayyan rol o'ynaydi. Din va diniy munosabatlar sotsiologiyasi. Dinning ijtimoiy hayotdagi o'rni va rolini tahlil qilish uchun, avvalo, din o'zi nima? degan savolga javob topish kerak. Bu ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:38:47
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
620.25 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:38 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
620.25 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:25 ]
Arxiv ichida: pptx