Mahalla va mahalliy boshqaruv sotsiologiyasi

Mahalla va mahalliy boshqaruv sotsiologiyasi

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Mahalla va mahalliy boshqaruv sotsiologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. O'zbekistonda mahalliy boshqaruv tizimi shakli. 2. Mahalla - o'zini o'zi boshqaruv tizimining muhim ijtimoiy organi. 3. Mahalla subyekti va uning ko'rinishlari. 4. Mahalla demokratiyasi. O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlari boshqaruv tizimini muntazam shakllantirish va takomillashtirib borishni o'zining milliy qadriyatlariga va davlatchiligi tarixida shakllangan an'analariga tayanib ish ko'rishni taqozo etmoqda. Zero, o'tish davridagi vaziyatni to'g'ri baholagan mamlakatimiz rahbariyati, zamon ruhiga moslashuvchi ilg'or mamlakatlarning yutuqlari bilan tarixiy merosimizni uyg'unlashtirish asnosida milliy boshqaruv tizimlari poydevorini mustahkamlb bormoqda. Bu asnoda o'zini o'zi boshqaruv tizimining milliy ifodasi va O'zbekistondagi ijtimoiy hayot tarzining mahalliy ko'rinishdagi shakli mahallaning ham o'rni beqiyosdir. Bozor iqtisodiyotiga va umuminsoniy tamoyillarga asoslangan huquqiy demokratik jamiyat qurish jarayonida, mahalla jamiyatning asosiy tayanchi bo'lib qolishi tabiiydir. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Birinchi chaqiriq o'n to'rtinchi sessiyasidagi ma'ruzasida Prezident I. Karimov: «Mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari bajaradigan vazifalar doirasini kengaytirish, ularga davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich topshirish lozim. Bunda eng muhimi, aholining kasb va ijtimoiy tarkibi manfaatlarini yanada to'laroq ifodalash va himoya qilishda nodavlat, jamoat tuzilmalarining huquq va mavqe'larini oshirish darkor. «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» degan siyosiy qurilish dasturining mohiyati ana shunda yaqqol namoyon bo'ladi. Aynan shunday yondashuv fuqarolarning o'zlariga o'z hayoti va butun jamiyat hayotini boshqarishda va tashkil etishda keng ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi» , - deb alohida ko'rsatib o'tdi. Shu boisdan, O'zbekistonda jamiyat qurilishi tizimini mustahkam poydevorini yaratishda mahallaning o'rni katta ekanligini va o'zini o'zi boshqaruv organlarining boshqaruv tuzilmasini bugungi kun talablari ruhida o'rganib uning nazariy hamda amaliy ahamiyatlarini sosiologik jihatdan yoritish muhim ilmiy ahamiyatga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.48 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.48 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga