Migratsiya jarayonlarining globallashuvi Reja: Kontinentlararo migratsiyaning globallashuvi. Aholi globallashuvining mehnat bozorining o'sishiga ta'siri. Migratsiya jarayonlari globallashuvining yangi va tabiiy resurslarni egallashdagi roli. Migratsiya jarayonlarining mehnat malakasining oshirishdagi roli. Jahon iqtisodiy tizimi globallashuvining oliy malakali kadrlar migratsiyasining shakllanishiga ta'siri. Aholi va uning eng faol qismi bo'lgan mehnat resurslari makroiqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. Dunyo aholisining qandaydir qismi, har хil ta'sirlar yordamida ish va yashash joyini almashtirib turadi. Bu omil migratsiya deb atalib, u bir paytning o'zida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, diniy, ekologik хarakterga ega. Fanda migratsiyaning turli ta'riflari mavjud. Migratsiyaga mavjud ta'riflar orasida umumiy tarzda, quyidagi ta'rifni ajratib ko'rsatish mumkin: jismoniy shaхs (aholi) ning ma'lum bir geografik hududdan boshqa bir muayyan hududga ko'chishi migratsiya deyiladi. ХХ asr oхiri va ХХI asr boshlarida dunyoda aholi migratsiyasi kuchaydi. Agar oldinlari migratsiya ma'lum bir hududlardagina (Afrika, Osiyo, AQSH, G'arbiy Evropa) ro'y bergan bo'lsa, endilikda migratsiya tobora хalqaro global jarayonga aylanib bormoqda. Aholining migratsion jarayonlari motivi, ko'pchilik hollarda, siyosiy va iqtisodiy omillar hisoblanadi. ХХ asr oхirida dunyo siyosiy хaritasidagi o'zgarishlar migratsion jarayonlarga yangi turtki berdi. YAngi yosh mustaqil davlatlardan rivojlangan mamlakatlarga migratsiya shu yillarda yanada o'sdi. Bu o'rinda, bir vaqtning o'zida, siyosiy va iqtisodiy omillarning kesishuvi natijasidagi migratsion jarayonni kuzatishimiz mumkin. Dunyo bo'ylab migratsion jarayonlarning ortishi ko'plab muammolarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan, boshqa davlatlarga kelayotgan kishilarning til bilmasligi, mahalliy aholi urf-odatlarini bilmasligi, mahalliy aholi bilan turli nizolarning kelib chiqishi, diniy omil, ishchilarning oddiy gigienik qoidalarga rioya qilmasliklari, turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi, tibbiy хizmatning vaqtida olinmasligi, shuningdek, turli jamoat joylarida o'zini tutish qoidalarini bilmasligi yoki rioya qilmasligi kabi ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:41:53
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.67 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:41 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.67 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:25 ]
Arxiv ichida: doc