Nikoh va oila sotsiologiyasi Reja: 1.Oilaning sotsial mohiyati, oilaning axloqiy va huquqiy asoslari. 2.Oilaning funksiyalari, oila tiplari. 3.hozirgi davrda oila rivojidagi sotsial xususiyatlar. 4.O'zbekiston Respublikasida nikoh va oila munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash yo'lidagi sotsial tadbirlar. Oilaning sotsial mohiyati, oilaning axloqiy va huquqiy asoslari. Nikoh va oila munosabatlari kadim davrlardan boshlab ilmiy tadqiqotlar manbaining bir yo'nalishini aks ettirib, sotsial tizimni tashkil etuvchi sotsial instiutlarning alohida fuksiyaga ega bo'lgan bo'lagi hisoblanadi. Ma'lumki har bir sotsial institut o'ziga xos funksiyani bajarishga yo'naltirilgandir. Turli yo'nalishdagi sotsiologlar bu sotsial institutlarning alohida funksiyalarini o'rganishga kirishib, klassifikatsiyalashga o'ringanlar. Bu sohada ancha to'liq va qiziqarli ma'lumotlarni sotsiologlar S.Lipset, D.Landberg va boshqalarning Institutsional maktab sotsiologiyasi manbalaridan olishimiz mumkin. Ana shu sotsial institutlardan biri oila hisoblanadi. Klassik sotsiologlarning nazariyalarida sotsial institutlarni amal qilishiga ko'ra ikkiga ajratiladi: Oddiy va murakkab. Oddiy sotsial instiutning klassik misolida oila institutini ko'rib chiqishimiz mumkin. A.G. Harchevning ma'lumotiga ko'ra - oila kishilarning nikoh va kon-karindoshlik xususiyatiga ko'ra birlashmasi bo'lib, ijtimoiy turmushni shakillantirishdagi birgalikdagi javobgarliklariga ko'ra bog'langan bug'inidir. 1857-1929 yillarda yashab ijod etgan Amerika sotsiologi va iqtisodchisi T.Veblenning sotsial institutlar haqidagi konsepsiyasining asosida funksional yondashuvlarni qurish mumkin. Bunga ko'ra oila - jamiyat a'zolarini takror ishlab chiqarish funksiyasini bajaruvchi institutlar hisoblanadi. Bu masalalarni biz A.Millerning konsepsiyalarida ham qurishimiz mumkin. (1914-1973). O'z davrida M.Veber ham sotsial institutlar va ularning funksiyalari haqida alohida to'xtalib utgan. O.Kont o'z sotsiologik nazariyalarida oilani jamiyatning birlamchi asosi sifatida qarab chiqadi va uning kelib chiqishini insoniy munosabatlardagi tabiy holat deb izohlaydi. O.Kontning fikricha: oilada ijtimoiy munosabatlarning barcha ko'rinishlari o'z aksini topadi, ya'ni notenglik (avlodlar va ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:41:53
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.28 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:41 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.28 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:26 ]
Arxiv ichida: doc