OAV fuqarolik jamiyati instituti sifatida

OAV fuqarolik jamiyati instituti sifatida

O'quvchilarga / Sotsiologiya
OAV fuqarolik jamiyati instituti sifatida - rasmi

Material tavsifi

OAV fuqarolik jamiyati instituti sifatida REJA: KIRISH. O'zbekistonda demokratik yangilanishlar jarayonini chuqurlashtirish va fuqarolarning erkinliklarini ta'minlashning g'oyat muhim sharti - bu ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun andozalarni joriy etish bo'yicha aniq choralarni amalga oshirishdir. Islom Karimov. Birinchi guruh - fikr yuritish va so'z erkinligini inson va fuqaroning daxlsiz hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo'yishga hech kim haqli bo'lmagan shaxsiy huquq va erkinliklari sifatida qaror toptiruvchi konstitutsiyaviy qoidalar. Konstitutsiyaning 29-moddasida qayd etilganidek, har kim fikrlash, so'z va e'tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o'zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitusiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo'lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin. Ikkinchi guruh - insonning fikrlash, so'z va matbuot erkinligini to'g'ridan-to'g'ri ta'minlashga qaratilgan fuqarolik jamiyatini alohida instituti - ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi huquqiy maqomi belgilab qo'yilgan konstitutsiyaviy qoidalardan iboratdir Konstitutsiyaning 67-moddasi bunga misol bo'la oladi. Unda qayd etilganidek: Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to'g'riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Cenzuraga yo'l qo'yilmaydi. Bunday qoida ilgari O'zbekistonning birorta konstitutsiyasida, hattoki sobiq ittifoq konstitutsiyasida ham qayd etilmagan. O'zbekiston milliy qonunchiligida Internet ommaviy axborot vositasi turi sifatida alohida tilga olinmaganligini ham eslatish o'rinlidir. Ommaviy axborot vositalari to'g'risidagi qonunning 1-moddasida qayd etilganidek, Gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, axborot agentliklari, televideniye (kabelli, efir-kabelli televideniye) va radioeshittirishlar, hujjatli kino, elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bo'lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 369.46 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:26 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 369.46 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga