Oilada kizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash muammolari Oila ijtimoiy jamiyatning kichik bo'gini sifatida muayyan xalq, millat yoki elatning milliy xususiyatlari, shuningdek, mavjud tuzum mazmunini o'zida namoyon etadi. Oilalarning mustahkam bo'lishi, ularning totuvlik va farovonlikka erishuvi u mansub bo'lgan ijtimoiy tuzumning iqtisodiy, ma'naviy rivoji, jamiyatda amal kilinayotgan ma'naviy-axloqiy me'yorlar, olib borilayotgan davlat siyosat mazmuni bilan belgilanadi. O'z navbatida jamiyat ma'naviy qiyofasi oilalarda tashkil etilayotgan ijtimoiy tarbiyaning natijasi, samarasiga bog'liqdir. Shu bois asrlar davomida xar qanday geografik makon va ijtimoiy zamonda xam yangi oilalarning shakllanishi, oilaviy hayotning yo'lga ko'yilishi, farzandlar tarbiyasini tashkil etish hamda sulola an'analarini davom ettirish masalalariga alohida etibor berib kelingan. Oilalarning ijtimoiy jamiyatdagi muhim o'rni hamda oila tarbiyasining shaxs kamolotini ta'minlashdagi roli xususida O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov kuyidagilarni kayd etib o'tadi: Oila bizning xalqimiz uchun millatning ko'p asrlik an'analari va ruhiyatiga mos bo'lgan g'oyat muhim hayotiy qadriyatlardan biridir. Respublikada oilalar asosan ko'p sonli bo'lib, ularda turli avlod vakillari birga yashashadi va birga xo'jalik yuritishadi. Bu esa bolalarni tarbiyalash, ularni umuminsoniy qadriyatlardan, an'analardan baxramand qilish, bilim darajasini oshirish uchun kulay sharoitlar yaratadi. Xuddi ana shunday oilalarda odamlar bolalik choglaridanok mehnatsevarlikni, kattalarga xurmatni, bilim egallashga intilishni, vatanparvarlikni o'rganadilar (11, 253-bet). Darxakikat, oila muhitida shaxsning xar jihatdan barkamol bo'lib voyaga etishi uchun zarur bo'lgan omillar, chunonchi, oila xo'jaligini boshqarish jarayonida oila a'zolari o'rtasida yuzaga keluvchi huquqiy, iqtisodiy, psixologik, ekologik, estetik va xokazo mazmundagi oilaviy munosabat, muomala aloqa aralashuvi uning ijtimoiylashuvi, yani, ijtimoiy munosabatlarni yuritish jarayonida erkin, mustaqil harakat qilish layokatini, qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi omillar mavjuddir. Shu bois O'zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharoitida, ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:41:53
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.73 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:41 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.73 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:27 ]
Arxiv ichida: doc