Oilada kizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashga yo'naltirilgan faoliyat mazmuni O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy siyosiy mustaqillikni kulga kiritgan dastlabki yillardanok sobiq ittifoq davrida oila tarbiyasini samarali tashkil etish borasidagi unutilgan an'analarni tiklash, oila tarbiyasini tashkil etish yuzasidan tuplangan asriy tajriba mazmunini o'rganish, namunali oilalar faoliyati mohiyatini targ'ib etish, oilada bolalarni tarbiyalash yo'nalishida chet ellarda kulga kiritilgan ilg'or yutuklar xususidagi axborotlarni ota-onalar, shuningdek, oilalarga pedagogik va psixologik jihatdan yordam kursatuvchi muassasalarga yetkazish ishini tashkil etishga jiddiy etibor berila boshlandi. Oila ilmiy - amaliy Markazining tashkil topishi, 1998 yilning Oila yili deb elon qilinishi, Respublikada Ona va bola skrining Markazlari faoliyatining yulga kuyilishi ana shu etiborning natijasidir. Tarixdan bizga malumki, sharqda bir necha asrlar oldin xam oila va uni tashkil etish, oilaviy munosabatlar, uning shaxs kamolotidagi o'rni va roli xususidagi fikrlar bayon etib kelingan. Xususan, Kaykovusning Kobusnoma, Jaloliddin Davoniyning axloqi Jaloliy, Muhammad Sodiq Koshgariyning Odob as-solixin asarlaridan oilalarning shakllanishi jarayonida amal qilinishi lozim bo'lgan muayyan qoidalar xususida so'z yuritiladi. Chunonchi, Kaykovus o'z asarida kiz bolalarni tarbiyalash ularni mastura doyalar, keyinchalik esa muallimalar kuliga topshirib ularga oila xo'jaligini yuritish, bolalarni parvarishlash, muomala odobini o'rgatish lozimligi, Jaloliddin Davoniy esa onaning farzand tarbiyasidagi o'rnini kursatib utar ekan, mazkur jarayonda asosiy qiyinchiliklarni boshdan kechiruvchi shaxs deya ta'riflaydi, shuningdek, bolaga oddiy axloqiy qoidalar mazmunini tushuntirish, yurish-turish, ovqatlanish tartibi va qoidasiga rioya etishni o'rgatishi lozimligini takidlaydi. Ulug alloma Muhammad Sodiq Koshgariy esa uylanish jarayoni inson hayotidagi mas'uliyatli davr ekanligiga urgu berish bilan birga mazkur jarayonda xalqning asriy tajribasida sinovdan utgan quyidagi qoidalarga katiy rioya etish kerakligini alohida uktiradi: uylanadigan yigit ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:41:53
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.21 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:41 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.21 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:27 ]
Arxiv ichida: doc