Oilada kizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashning shakl, metod va vositalari Oilada kizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash murakkab, uzoq muddatli hamda o'ziga xos xususiyatlarni namoyon etuvchi faoliyat jarayoni bo'lib, mazkur jarayon quyidagi yo'nalishlarda yo'lga ko'yiluvchi ijtimoiy oilaviy munosabatlar negizida amalga oshiriladi: 1. Oilaning moddiy ta'minotini yo'lga ko'yish (oila byudjetini yaratish, oilaga tegishli shaxsiy xo'jalik (tomorka hamda chorvachilik)ni barpo etish, undagi ishlarni yuritish, ko'shimcha daromad manbalari (hunarmandchilik, ijara dehqonchiligi yoki chorvachilikni tashkil etish)ni izlab topish, kasbiy faoliyatni olib borish va xoka'zolar). 2. Oila a'zolari (keksa, o'rta va yosh avlod vakillari) o'rtasida muomala munosabatlarini yo'lga ko'yish. 3. Oilaviy xordik (maishiy hamda ma'naviy mazmundagi)ni tashkil etish (bo'sh vaqt hamda tatil davrlarini birgalikda o'tkazish). 4. Oilaviy tadbirlarni uyushtirish (tug'ilgan kun, beshik, sunnat, muchal, nikoh, kumush va oltin to'ylar, turli o'quv yurtlarini tamomlaganlik, birinchi maoshni olganlik, hukumat mukofotlari bilan takdirlanganlik, xizmat yoki ilmiy sohada muayyan yutukka (xususan, ilmiy daraja yoki unvonga ega bo'lganlik munosabati bilan tashkil etiluvchi tadbirlar, aza bilan bog'liq marosimlar). 5. Farzandlar tarbiyasini tashkil etish, ularga ilm va hunar sirlarini o'rgatish. 6. Oila a'zolarining ijtimoiy munosabatlar jarayoni (ko'ni ko'shni, karindosh urug, xamkasb hamda do'stlar bilan ijtimoiy aloqani tashkil etish)dagi katnashuvi. Mazkur yo'nalishlarda olib boriladigan oilaviy hayotning bir maromda kechishini ta'minlash bir kator omillar mavjudligini takozo etadi. Xususan: a) oila a'zolarining ma'naviy axloqiy qiyofasi, muayyan axloqiy e'tiqodga egaliklari, ularning dunyoqarash hamda tafakkurlari ko'lamining kengligi; b) oila a'zolari o'rtasida bir birini tushunish, shaxsiy istaklardan o'zgalar xoxish istaklarini yuqori ko'yish, ularni kadrlash, xurmat qilish, o'zaro yordamni tashkil etish tuyg'ularining karor topganligi; v) oila a'zolarining ijtimoiylashuv (ijtimoiy munosabatlar ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:41:53
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.48 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:41 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.48 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:27 ]
Arxiv ichida: doc