O'smirlik-barkamollik davri urf-odatlari

O'smirlik-barkamollik davri urf-odatlari

O'quvchilarga / Sotsiologiya
O'smirlik-barkamollik davri urf-odatlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Chillak o'yini va mohiyati. 2. lapar va dandarak o'yinlari. 3. Chavgan va ko'pkari o'yinlari. 4. kurashtirish va xashar. bu o'yin bolalarning sevimli o'yinidir. bu o'yinni ikki kishi bo'lib kam, yoki guruh-guruh bo'lib o'ynash mumkin. Bunga uchi yshnilgan chillak uni uchirish uchun dasta bo'lsa kifoya. O'yin boshlovchi tomon jo'raboshisi chillakni maxsus kavlangan chuqurcha ustiga qo'yib, dasta bilan ilib, havoga ko'tarib, so'ng zarb bilan uni dastadan urib, iloji boricha uzoqqa uchiradi. Maydonning narigi tomonida to'nini teskari kiyib, etagini qulochida yozib turgan raqib guruhi urilgan chillakni tutib olishga harakat qiladi va uchirilgan joyiga chuqrchaga uloqtiradi. O'lchanganda bir dasta etgulik joyga etkazilgan bo'lsa raqib guruh chillak otish navbatini qo'lga kiritadi. btsu o'yinini turli viloyat, shahar-qishloqlarda turli kshrinishi bor. Chillak o'yinining manavi, jismoniy ahamiyati kattadir. Ajdodlarimiz bu o'yinni qadimdan sevib ardoqlashgan. Chillak o'ynashgan bolalar jismoniy baquvvatlashgan. Zuvillashi bilan uning nafas yo'llari, ko'krak qafasi a'zolari, ovozi yaxshi rivodjlangan. shu bilan birga sanoq, hisob-kitob, o'lchov bolaning hayotiy bilimlarini oshirgan. Lapar va dandarak o'yinlari lapar o'yinida tekis, yupqa toshcha tanlanib, nishon qilib tikilgan ikkinchi ana shunday tosh tomon o'n qadam uzoqlikdan uloqtiriladi. Uloqtirishda nishon toshni urib yiqitish ko'zda tutiladi. Tekkiz olmasa o'yin navbati raqib bolaga beriladi. Shu tariqa qaysi bola 100 soqani oldin to'plasa o'sha yutgan hisoblanadi. Lapar bolani aqliy jihatdan hisob-kitobga o'rgatadi, chama, reja, to'g'ri mo'ljal olish qobiliyatini oshiradi. Ko'z, quloq eshitish, ko'rish sezgilarini o'tkirlashtiradi. Dandarak yog'och o'yini bo'lib, ikki o'ynaluvchi buyumdan iborat. Uning birinchisi-dandarak, ikkinchisi qamchi. Qalinligi bilakday keladigan ketmondastadan to'rt-besh enlik qismi aralab olinadi. Uning bir uchi yo'nib, qoziqsifat qilinadi, tekis yerda aylantirib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.28 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.28 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga