O'zbekiston turizm bozorining o'ziga xos jihatlari

O'zbekiston turizm bozorining o'ziga xos jihatlari

O'quvchilarga / Sotsiologiya
O'zbekiston turizm bozorining o'ziga xos jihatlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Turistik bozor to'g'risida tushuncha Hozirgi kunda O'zbekiston turizmi bozorida asosan, xususiy turistik korxonalar ishtirok etishadi, «O'zbekturizm» Milliy Kompaniyasi esa O'zbekiston turizmining umumiy rivojlanishini nazorat etish va yo'naltirish hamda xalqaro maydonda O'zbekiston turizmi manfaatlarini himoya etish kabilar mas'uliyatiga egadir. 2007 yil 1 yanvari holatida O'zbekistonda turistik faoliyat yuritish uchun 464 firma litsenziyaga ega bo'lib, ularning 90 %ini xususiy turistik biznes vakillari tashkil etishgan. Turistik korxonalarning aksariyati turoperatorlik va turagentlik faoliyatlarini chog'ishtirib ishlashadi. O'zbekiston turistik bozorini o'rganishdan oldin «turistik bozor» tushunchasiga ta'rif berib, uning mohiyatini aniqlab o'tish maqsadga muvofiq bo'ladi. Turistik bozorni quyidagicha ta'riflash mumkin: turistik mahsulot iste'molchilari va sotuvchilarining yig'indisi; turistik mahsulot sotuvchilari va iste'molchilarining manfaatlarini moslashtiruvchi instrument; turistik mahsulot sotuvi sohasi; turistik mahsulot iste'molchilari va sotuvchilari o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladigan soha. Tor manoda, turistik bozor deganda, turistik mahsulot oldi-sotdi bitimlari yuz beradigan joy tushuniladi. Biroq, bunday savdolar faqat bir yerning o'zidagina kechmasligiga etibor berish kerak. Savdo teleks, telegramma, faks, telefon orqali, hattoki, sotuvchi va xaridorning bevosita ishtirokisiz ham amalga oshirilishi mumkin. Turistik bozor aniq bir joy yoki jug'rofiy hudud bilan belgilanmagan, uni xalqaro turizm bozori deb nomlasak ham bo'ladi. To'liqroq tavsif beradigan bo'lsak, turistik bozor deganda, turistik mahsulot sotuvchilari va xaridorlari o'rtasida iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladigan va turistik mahsulot sotilishi yuz beradigan soha tushuniladi. Turistik bozorning turistik mahsulot sotuvchilari va xaridorlari o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning xususiyatida to'xtaladigan bo'lsak, turistik mahsulotning har bir sotuvchisi va xaridori o'z manfaatlariga ega bo'ladi hamda bu manfaatlar o'zaro mos tushgandagina turistik mahsulot sotuvi amalga oshiriladi. Shu sababli, turistik bozor deganda, turistik mahsulot ishlab chiqaruvchilari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 140.41 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 140.41 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga