O'zbekistonning ijtimoiy taraqqiyoti

O'zbekistonning ijtimoiy taraqqiyoti

O'quvchilarga / Sotsiologiya
O'zbekistonning ijtimoiy taraqqiyoti - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonning ijtimoiy taraqqiyoti Reja: Sotsial taraqqiyot va sotsial o'sish tushunchasi. Sotsial taraqqiyot va sotsial o'sishning manbalari. O'zbekistonning hozirgi sotsial taraqqiyoti va o'sish holati. Sotsial taraqqiyot va sotsial o'sish tushunchasi. O. Kont sotsiologiyasida sotsial dinamika jamiyat hodisalarini o'rganishdagi muayyan yondashuvni bildiradi. Aslida, dinamika mexanikaning jismlar harakatini va harakat bilan uni yuzaga keltiruvchi kuch o'rtasidagi bog'lanishlarni o'rganadigan bo'limdir. Umumiy ma'noda dinamika harakat holatini, narsa-hodisalarning o'sish o'zgarish, rivojlanish jarayonini anglatadi. Sotsiologiyani fiziologiyaning bevosita davomi yoki sotsial fizika deb hisoblangan. Kont ijtimoiy voqelikni tabiiy qonunlarini topishga harakat qilgan edi. Ana shu vazifani amalga oshirish uchun ijtimoiy voqelik ikki yo'nalishda - sotsial statika yo'nalishida va sotsial dinamika yo'nalishida qurilishi lozim. Sotsial statika ijtimoiy elemenntlarning muvozanatini, mavjudlik qonunlarini o'rganadi. Ijtimoiy elementlarining o'zaro uyg'unligini, ularning o'zaro muvozanatlashgan tarzda mavjudligini jamiyatni yaxlit butunlik deb qarashga imkon beradi. Shuning uchun ham jamiyat alohida o'ziga xos tizim bo'lib, bunda eng muhimi elementlarning o'zaro aloqasidir. Sotsial statika har qanday jamiyat barqarorlik, muvozanat holatini, asosiy tartibotni urgansa, sotsial dinamika jamiyatdagi o'zgarish, rivojlanishning izchilligi, birin-ketinligini ochib beradi. Shunday qilib, sotsial dinamika jamiyatning o'zgarish va rivojlanish holatlarini, ijtimoiy o'zgarishlarning ichki (endogen) va tashqi (ekzogen) omillarini ifodalovchi sotsiologik kategoriya deb qaralishi mumkin. Jamiyatni tashkil etuvchi sotsial guruhlar, individlar, tabaqalar, katlamlarning harakatlarini sotsial dinamikaning sotsial mobillik (lotincha mobilis - harakatchan, o'zgaruvchan) va sotsial o'zgarishlar deb ataladigan ko'rinishlarni ifodalaydi. Sotsial mobillik tushunchasi sotsiologik tadqiqotlar doirasiga P. Sorokin kiritgan edi. Sotsial mobillik kishilarning muayyan ijtimoiy guruh va tabaqalardan boshqalariga o'tishlarini (sotsial o'zgarishlar), shuningdek, ayni bir sotsial tabaqa doirasida mashg'ulotlarning almashtirishini anglatadi. Sotsial mobillik tushunchasi guruhlar va bir butun ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.72 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.72 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga