Shaxs sotsiologiyasi va deviant xulq atvor Reja: Shaxs tushunchasi. Shaxsning ijtimoiy mavqei, manfaati va ijtimoiy roli. Shaxsning ijtimoiylashuvi. Deviant fel-atvor va uning turlari. Sotsial nazorat kishilar xatti-harakatini tartibga solish mexanizmi sifatida. Shaxs tushunchasi. Malumki, istalgan jamiyat ushbu jamiyatning bir tomonlama tabiatiga mos, ikkinchi tomondan esa uning jamiy borlig'ini o'zida mujassamlashtirgan shaxslarning uzviy birligi va munosabatidan iboratdir. Shuning uchun ham istalgan tarixan konkret jamiyatning ijtimoiy tabiatini va uning istiqbolini belgilashda ushbu jamiyat shaxsning mohiyatini asosiy xususiyatlarini va funksiyalarini uning ijtimoiylashuv jarayonining mexanizmini o'rganmoq kerak. Yurtboshimiz I.A.Karimov ―O'zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish‖ asarlarida ―Jamiyatning isloh qilish va yangilash bo'yicha ko'p qirrali faoliyatimiz markazida inson, suveren O'zbekiston fuqarosi turadi. Islohotlarning mazmuni ayni har bir fuqaro o'z qobiliyatini, o'z istedodini namoyon etishga, shaxs sifatida o'zini ko'rsatish imkoniyatida ega bo'lishga qaratilgan degan edilar‖. Ijtimoiy munosabatlarning dastlabki va birlamchi asosi, ularni keltirib chiqaruvchi manbai - shaxs hisoblanadi. Sotsiologiyada shaxsning shakllanishi, ijtimoiy birliklar bilan bog'liq holda rivojlanib boruvchi, uning ehtiyojlarini, shaxs va jamiyat, shaxs va ijtimoiy guruhlar o'rtasidagi funksional munosabatlarni, shaxs huquqini o'z-o'zidan boshqarilishi jarayonlarini o'rganadi. Shaxs mohiyatini nima tashkil etadi? Sotsiologiya tarixidan shaxs mohiyati turli nazariyalarda bayon etilgan, jumladan ChKuli, R.Darendorf, R.Minton, R.Mertonlarning shaxs nazariyasi shular qatoriga kiradi. Amerika sotsiologlari G.Znanetskiy va Ch.Tomaslar shaxs mohiyatini tushuntiradi, uning dunyoqarashi va qadriyatlariga bo'lgan munosabatini asos qilib olishgan. Dj.Mid va R.Mintonlar esa shaxsning roliga katta ahmiyat beradilar. R.Merton va T.Parsonas, R.Darendorflar esa buni yanada rivojlantirib, shaxning ―ijtimoiy mavqei‖ va ―ijtimoiy roli‖ orqali shaxs mohiyatini tushuntirishga harakat qilishgan. Shaxs - ijtimoiy munosabatlar majmui, jamiyat maxsuli sifatida o'pganiladi. Shaxsiy qarashlarga ega bo'lgan, ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:41:53
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.8 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:41 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.8 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:28 ]
Arxiv ichida: doc