Shaxs, jamiyat va davlat sosiologiyasi Reja: 1. Shaxs va uning ijtimoiylashuvi jarayonlari. 2. Shaxs va jamiyat. 3. Shaxs va davlat. Shaxsning paydo bo'lishi, uning jamiyatdagi o'rni va mohiyati doimo sosiologiya fanining muhim va baqs talab sohalaridan biri bo'lib keldi. Insonning mohiyatini dastlabki o'rgangan olimlar Xitoydagi Konfusiy va uning izdoshari edi. Eramizdan ilgari 298-238 yillarda yashagan olim Sen-szi shunday deb yozgan edi: «Tug'ma xususiyatlar - bu samoviy munosabatlar hosili bo'lib, ularga ta'lim yoki ularni odamning o'zi yaratishi vositasida erishib bo'lmaydi. Inson yovuz tabiatga ega. Insondagi ezgulik manfaatlar uchun orttirilgan fazilatdir. G'ozirgi inson tug'ilishidan boshlab foyda olishga intiladi. Bu shunga olib keladiki, kishilar o'zaro raqobatlashadilar va bir-birlariga yon bermaydilar. Shuning uchun ham tarbiya yo'li bilan inson tabiatini o'zgartirish, yaratilgan qoidalar asosida ta'lim berib, ularni adolatlilikka va mas'uliyatlilikka o'rgatish lozim.» Abu Nasr Forobiy «Falsafatu Aristutolis» («Arastu falsafasi») asarida qadimgi yunon olimining inson haqidagi fikrlarini quyidagicha sharhlagan edi: «Arastu insonda, qayvonlarda bo'lmagan boshqa imkoniyatlar, ruh va ruhiy kuchlardan paydo bo'lolmaydigan sabab va asoslarni topadi. Inson tabiati va unda mavjud bo'lmish tabiiy kuchlarni tushuntirish borasida ular, faqat ruh faoliyati (harakatlari, ta'sirlari) ga qaraganda yuksakroq faoliyat (harakatlar) uchun moslashganlar, degan fikrga keladi» Bu o'rinda Arastu, nega bunday bo'lishini o'rganishga majbur bo'ldi va inson nutq egasi ekanligini topdi, nutq esa aql bilan bog'liqdir Aqlning holati xuddi ruh va uning tabiiy holati kabi ekanligi, aql qismlarga yoki kuchlarga bo'linishi, inson mohiyat kasb etishiga vosita bo'luvchi faol (ta'sirchan) asos ekanligi xuddi tabiatda bo'lgani kabi u - aql o'z maqsadi (g'arazi) ning sabab va asosi ekanligi Arastuga ravshan bo'ladi.» Insonning ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:41:53
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
394.78 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:41 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
394.78 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:28 ]
Arxiv ichida: doc