Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari

Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari - rasmi

Material tavsifi

Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari Reja: Ijtimoiy ustanovka tushunchasi ijtimoiy ustanovkalarni o'rganishdagi uch bosqich attityud tushunchasining mohiyati va attityudning vazifalari ijtimoiy ustanovka muammosining rus psixologiyasida o'rganiishi ustanovkalarning to'rt bosqichli tizimi Ijtimoiy ustanovka tushunchasi Ustanovkalarning xulq-atvorga va xulq-atvorning ustanovkaga ta'siri. Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o'zgartirish muammosi. Ustanovkalarni o'zgartirish - Festingerning kognitiv dissonans nazariyasi. Xurofotlar va ularning ildizlari Mavzumizning birinchi parasida ta'kidlaganimizdek, motivlar, ya'ni xatti-harakatlarimizning sabablari biz tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. YUqorida keltirilgan barcha misollarda va holatlarda motiv aniq, ya'ni shaxs nima uchun u yoki bu turli faoliyatni amalga oshirayotganligini, nima sababdan muvaffaqiyatga erishayotganligi yoki mag'lubiyatga uchraganini biladi. Lekin har doim ham ijtimoiy xulqimizning sabablari bizga ayon bo'lavermaydi. Anglanmagan ijtimoiy xulq motivlari psixologiyada ijtimoiy ustanovka (inglizcha «attitud») hodisasi orqali tushuntiriladi. Ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy obyektlar, hodisalar, guruhlar va shaxslarni idrok qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik holatiki, u bu baho yoki munosabatning aslida qachon shakllanganligini aniq anglamaydi. Masalan, Vatanimizni hammamiz sevamiz, bayrog'imiz muqaddas, nemis investorlarga isxonamiz, negrlarga raxmimiz keladi, tijorat ishlari bilan shug'ullanadiganlarni albatta puldor, badavlat, deb hisoblaymiz va hakozo. Bu tasavvurlar, baho va hissiyotlar qachon va qanday qilib ongimizda o'rnashib qolganligiga e'tibor bermasdan yuqorida sanab o'tgan hissiyotlarni boshdan kechiraveramiz. Mana shularning barchasi ijtimoiy ustanovkalar bo'lib, ularning mazmun mohiyati aslida har bir inson ijtimoiy tajribasi davomida shakllanadi va uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret vaziyatlarda ruyobga chiqadi. Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli tizimini ishlab chiqqan: A. Kognitiv komponent - ustanovka obyektiga aloqador bilimlar, g'oyalar, tushuncha va tasavvurlar majmui; B. Affektiv komponent - ustnovka obyektiga nisbatan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.86 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:28 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.86 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga