Siyosat olami va jamiyatning siyosiy tizimi

Siyosat olami va jamiyatning siyosiy tizimi

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Siyosat olami va jamiyatning siyosiy tizimi - rasmi

Material tavsifi

Siyosat olami va jamiyatning siyosiy tizimi Reja: 1. Siyosat tushunchasi, uning mohiyati, turlari va yo'nalishlari. 2. Siyosatning obyekti va subyekti. 3. Jamiyatning siyosiy tizimi va uning tarkibiy elementlari. Siyosat -bu insonlar va siyosiy institutlar o'rtasidagi munosabat sohasidir. Siyosat ijtimoiy hayotda keng tarqalgan tushunchalardan biridir. U kundalik turmushda ham, ilmiy adabiyotlarda ham ko'p ma'noda ishlatiladi. Masalan, kundalik hayotda kishilar ko'pincha har qanday maqsadga muvofiq ijtimoiy faoliyatni siyosat deb atashadi. Bu muayyan maqsadga buysundirilgan partiya yoki firma rahbarining faoliyati yoki yerning o'z xotiniga, bolalariga, butun oilasiga munosabati bo'lishi ham mumkin. Shuning uchun ham jamiyat taraqqiyotini siyosatsiz tasavvur etish qiyin. Siyosat orqali ijtimoiy hayot boshqariladi, tartibga solinadi, o'zgartiriladi va rivojlantiriladi. Ijtimoiy siyosiy fanlarda siyosat tushunchasiga juda ko'p ta'riflar berilgan. Bu ilmiy ta'riflarni asosan uchta guruhga: sotsiologik, substantsional va faollik guruhlariga bo'lish mumkin. Siyosatning sotsiologik ta'riflari sotsiologik yondashuvga asoslanadi. Sotsiologik ta'riflarni jamiyatning sohalariga qarab iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, axloqiy (me'yoriy) va shu kabilarga bo'lish mumkin. Siyosat ta'riflarining ikkinchi keng tarqalgan guruhi substantsional ta'riflardir. Bu ta'riflar siyosatni hokimiyatga uni egallash, qo'lda ushlab turish va qo'llashga qaratilgan harakatlar sifatida talqin qilishdir. Siyosatnnig dinamik, protsessual xarakterini uning faollik ta'riflari ochib beradi. Ular siyosatni butun jamiyat uchun majburiy bo'lgan qarorlarni tayyorlash, qabul qilish va amalga oshirish jarayoni sifatida tavsiflaydi. Siyosatning faollik talqini, xususan, siyosiy qarorlar nazariyasida keng qo'llaniladi. O'z davrida qadimgi Yunon faylasuflari Demokrit, Aflotun va Arastular ham siyosat to'g'risida muhim fikrlarni bildirganlar. Masalan, Arastu o'zining Politiya asarida siyosatni insonning ijtimoiy mohiyati bilan bog'liq ekanligini ta'kidlab insonning mohiyati uning siyosiy hodisa ekanligi bilan belgilanadi deb yozgan edi. Angliyalik politolon ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.98 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.98 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga